Umumiy yo'riqnoma
SMM bo’limi boshlig’i uchun
Download 86.96 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy yo\'riqnoma - Mfaktor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xodimga yuklangan mas’uliyat va vazifalar
SMM bo’limi boshlig’i uchun
yo’riqnoma: Xodim bilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar: • Rus yoki ingliz tilidan xabardor bo’lish; • Trello, google kalendar, notionda ishlay olish; • O’ziga biriktirilgan jamoa bilan samarali ishlay olish; • Analitika qila olish; • Reklama siyosati haqida bilish; • PR va targetdan maqsadli foydalanish; • Internet instrumentlaridan oqilona foydalanish; Xodimga yuklangan mas’uliyat va vazifalar: ● Umumiy qoidlarga amal qilish; ● Bayram bilan tabrik postlari chiqishi kerak bo’lgan sanadan kamida bir hafta oldin kompaniya rahbariga tasdiqlatish; ● Ta’til yoki dam olish kunlari chiqadigan postlar kamida 3 kun oldin tasdiqlangan holda schedule qilib joylash; ● Kontent plan bir oy, tayyor kontentlar bo’yicha 1 hafta oldinga o’tib olish; ● Keyingi kun rejasi va kun tartibini bir kun oldin google kalendarga joylash; ● Deadline bilan to’g’ri ishlash, ya’ni berilgan vazifasini ehtimoliy barierlarini hisobga olgan holda oldindan bajarish, muammoni hal qilish uchun mas’ullarga o’z vaqtida yetkazish; ● Rahbariyat va mas’ullar tomonidan aytilgan vazifani o’z vaqtida bajarish; ● PR bilan shug’ullanish; ● Target va PR natijalari (leadlar yoki obunachilar soni) bo’yicha aniq hisobot yuritish; ● Yuritayotgan loyihasiga aloqador barcha ishlarni nazorat qilish: storis, community, dizayn, video, meeting’lar, konkurslar, turli tanlovlar va ulardagi mayda detallarigacha (bino, kameralar, list, ruchka, klikker, proektor, suv, kabel, tushlik) hamda boshqa barcha tashkiliylarni to’liq nazorat qilish. Kerakli resurlarni mas’ullardan oldindan talab qilib olish; ● Oldin qilingan xatolarni takrorlamaslik; ● O’zidan keyingi kelgan xodimga jarayonni to’liq o’rgatish, xatolariga birdek javob berish; ● Postlar joylangandan keyin darhol tekshirish; ● Doimiy ravishda o’z ustida ishlash; ● “Men aytgandim, qilib berishmadi”, “ogohlantirgandim”, “uzr” degan so’zlarni ishlatmaslik. Chunki, bu sizning muammoingiz! Har qanday ehtimolni oldindan his qilish zarur; ● Rahbariyatni aralashuvisiz ishlash; ● Topshirilgan loyihani o’rganib chiqish, barcha kerakli datalarni loyiha rahbarlaridan olib ularni o’rgangan holda strategiya tuzish, loyiha qabul qilingandan maksimal ikki kun o’tib marketing bo’limi boshlig’i va boshqaruv rahbariga taqdimot qilish. ● Strategiya tasdiqlangandan keyin kontent reja tuzish va shu reja bo’yicha o’ziga biriktirilgan jamoaga kontent rejadagi ishlarni deadline bilan trello orqali topshirish (dizaynerga TZ, video montajchiga TZ, moushnga TZ va copywriterga TZ). Jamoadan vazifalarni qabul qilib ijtimoiy tarmoqlarga ularni muddatidan kamida bir kun oldin qo’yish. ● Haftalik hisobotlarni to’plagan holda, oylik hisobot tuzib, xulosa yozish va rahbariyatga tasdiqlatib hamkor kompaniya rahbariga taqdimot qilib yoki hisobot ko’rinishida berish. ● Biriktirilgan kompaniyaning faqatgina SMMini yuritish emas, loyihani digital campaign misolida ko’rish. Ya’ni, fikrlab kompaniyaga mos bo’lgan barcha platformalar va instrumentlardan foydalanish. ● Kompaniya voronkasining yuqori qismini kengaytirish. ● Hamkor kompaniya bilan uchrashuv belgilashdan oldin, majlisda qatnashuvchilarni ya’ni mas’ullarni vaqtini oldindan bilish. Ularni oldindan ogohlantirish, texnikalar masalasini hal qilib qo’yish; ● Ishdan ketishga zarurat tug’ilsa (6oy) oldin ogohlantirish va o’rniga munosib o’rindosh (shogird) tayyorlab ketish. Uning tayyorlik holatini jamoadagilar belgilaydi; ● Kattalarni hurmat qilish va xushmuomala bo’lish; ● Favqulotda ishga kela olmasa, boshqaruv rahbarini 1 kun oldin ogohlantirish; ● Bo’limdan biror xodim kela olmasa, jarayonda uzulish bo’lmasligi uchun vazifani to’g’ri taqsimlash; ● Jamoadoshlar va mas’ullar tomonidan berilgan feedbacklarni to’g’ri qabul qilish; ● Bo’limda xodimga ehtiyoj bo’lsa, HR bo’limini ogohlantirish; Download 86.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling