«umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi metrologiya va standartlashtirish fanidan amaliy mashg
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BAXORGI Metrologiya va standartlashtirish AMALIY (1)
2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va
(yoki) tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilanishlab chiqiladi. Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo‘lganda, standartni joriy etish bo‘yicha asosiy tashkiliy-texnik tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik — asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko‘paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‘yxat bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi: — buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste’molchi)ga yoki standartning loyihasini kelishish bo‘yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga; — standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o ‘rnatilgan bo‘lsa, davlat nazorati idoralari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Atrofmuhitni muhofaza qilish qo‘mitasiga; — mahsulotning biriktirilgan turlari bo‘yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga; — standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta’minlovchi tashkilotlar va korxonalarga. Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‘ribchiqib, o‘z fikr-mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‘natadi. 3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikrmulohazalar asosida fikr-mulohazalar to‘g‘risida ma’lumot tuzadi. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr mulohazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi. Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik mavjud bo‘lsa,ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan, standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o ‘tkazadi. Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lsa, majlis bayonnomasida 26 tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo‘yicha alohida fikrga ega, deb ko‘rsatiladi. Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot uni buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo ‘natadi. Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi. Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‘yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi. Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTKbayonnomasi)dan iborat bo‘ladi. Standartga kiritiladigan o‘zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib olinadi. Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda avval tayanch tashkilot o ‘ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo‘yicha TQ standartni ilmiytexnik va huquqiy ekspertizadan o ‘tkazadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling