«umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi metrologiya va standartlashtirish fanidan amaliy mashg


Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM)


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana16.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1359361
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
BAXORGI Metrologiya va standartlashtirish AMALIY (1)

Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot (MOZM) 
(1955 yilda tuzilgan) 
Metrologiya 
sohasida 
qonunlashtiruvchi 
xalqaro 
tashkilot 
(Mejdunarodnaya organizatsiya zanonodatelnoy metrologii- MOZM) ning 
asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy 
muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir. 
MOZM faoliyatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: 
-MOZM ga a'zo bo'lgan mamlakatlar uchun o'lchash vositalarining 
uslubiy - me'yoriy metrologik tavsiflari birligini belgilash; 
-kiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va 
attestatsiyalashni, namunaviy va ishchi o'lchash asboblarini uyg'unlashtirish; 
-xalqaro kulamda birxillashtirilgan (unifikatsiyalangan) o'lchash 
birliklarini mamlakatlarda qo'llanilishini ta'minlash; 
-metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish; 
-rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta'min etish va ularni 
zarur texnik vositalar bilan ta'minlashda yordam berish; 
-metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona 
qonun- qoidalarini belgilash; 
MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiya bo'yicha qonun 
chiqaruvchi Xalqaro konferentsiya hisoblanib, u xar to'rt yilda bir marta 
chaqiriladi. Konferentsiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi
ishchi idoralarning mavzularini, byudjet masalalarini muhokama qiladi. 
MOZMning 
qarorgohi 
Parij 
shahrida 
joylashgan. 
MOZM 
qonunlashtiruvchi metrologiya bo'yicha xalqaro hujjatlar ishlab chiqaradi. Bu 
hujjatlar milliy standartlar tuzish uchun asos bo'lib xizmat kiladi.
Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK) 
MEK 1906 yil 13 mamlakat ishtirokida Londonda ta'sis etilgan, 
qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan.
MEK elektrotexnika, radiotexnika, radioelektronika sohalari bo'yicha 
atamalar va parametrlarni standartlashtirish bo'yicha shug'ullanadi. 
MEK ga 41 mamlakat a'zolikka qabul qilingan. Bu mamlakatlarda yer 
sharining 81% aholisi istiqomat qiladi. Ular jahonda ishlab chiqariladigan 


22 
elektr energiyasining 95% idan ortiq qismini sarf qilishadi. Rasmiy tili ingliz, 
frantsuz va rus tillari. 
MEK ning oliy rahbar idorasi MEK kengashidir. Unda eng yuqori 
lavozim prezident bo'lib, 3 yil muddat bilan saylanadi. MEK har yili bir marta 
kengashga yig'iladi va o'z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi. 
MEK ning texnik organlari strukturasi ISO nikiga o'xshash: texnik 
qumitalar(TK), kichik qumitalar (KQ), ishchi guruhlar (IG). Hozirgi 
paytgacha 80 ta texnik qumita tuzilgan. Bu qumitalarning bir qismi (masalan, 
atamalar, grafik tasvirlash, kuchlanish va chastotalar bo'yicha qumitalar) 
xalqaro umumtexnik standartlar tuzish ishlari bilan shug'ullanadi. 
Qumitalarning qolgan qismi aniq turdagi mahsulotlarning (transformatorlar, 
elektrotexnika buyumlari, radioelektron apparatlar va h.k.) standartlarini 
tuzadilar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling