«umumkasbiy va iqtisodiy fanlar» kafedrasi metrologiya va standartlashtirish fanidan amaliy mashg


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana16.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1359361
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
BAXORGI Metrologiya va standartlashtirish AMALIY (1)

 


19 
Nazorat savollar: 
1. “Metrologiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni haqida 
tushuncha bering? 
2. “Metrologiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunining 
asosiy ahamiyati nimalardan iborat? 
3. O‘lchashlar yagonaligi deganda nimani tushunasiz? 
4. Etalon deb nimaga aytiladi va uning qanday turlari mavjud? 
5. Metrologik nazorat deb nimaga aytiladi?
6. O‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini 
tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish qaysi idora tomonidan amalga 
oshiriladi? 
7. Metrologiyaning asosiy aksiomalarini tushuntirib bering? 
2-Amaliy mag'shulot 
 
Metrologiya va Standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilotlar. 
 
Maqsad: 
Metrologiya 
va 
standartlashtirish 
bo'yicha 
xalqaro 
tashkilotlarning maqsadi va vazifalarini o'rganish. 
 
Reja: 
1. Standartlashtirish bo'yicha xalqaro ISO tashkiloti. 
2. Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilo(MOZM). 
3. Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK). 
1926 yili standartlashtirish bo'yicha milliy tashkilotlarning Xalqaro 
assotsiatsiyasi (ISA) tashkil qilindi. Ikkinchi jahon urushi boshlanganligi 
munosabati bilan ISA o'z ishini tugatdi. 
1946 yilda standartlashtirish bo'yicha yangi tashkilot Xalqaro 
standartlashtirish tashkiloti ISO (ISO – Internationai Standards Organization) 


20 
tashkil qilindi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh 
Assambleyasi tarkibida faoliyat ko'rsatadi. Unga atnashuvchi davlatlar soni 89 
tani tashkil etadi.
Uning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda tovar almashinuvini 
yengillashtirish, dunyo kulamida standartlashtirishga kumaklashish, hamda 
aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdustlikni 
rivojlantirishdan iborat. 
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
-dunyo kulamida standartlarni uyunlashtirish choralarini ko'rish; 
-xalqaro 
standartlarni 
ishlab 
chiqish 
va 
chop 
ettirish 
(qatnashuvchilarning 2/3 qismi qo'llab ovoz berganda qabul qilinadi); 
-qumita a'zolarining va texnikaviy qumitalarning ishlari haqida 
axborotlar almashinuvini tashkil qilish; 
-sohaviy masalalar bo'yicha manfaatdor bo'lgan boshqa xalqaro 
tashkilotlar bilan xamkorlik qilish ko'zda tutiladi. 
ISO rahbar va ishchi qumitalar idoralaridan tashkil topgan. 
Rahbar idoralar tarkibiga: 
-Bosh Assambleya (yig'ilishi uch yilda bir marta) prezident, vitse 
prezident, bosh kotib va h.k. lar; 
-ijroiya byurosi; 
-texnikaviy byuro; 
-taxnik qumitalar; 
-markaziy kotibiyat. 
Bosh Assambleyada sanoat va boshqa sohalarning yetakchi 
mutaxassislari qatnashadi va 
xalqaro 
stanlartlashtirishning 
muhim 
muammolari va yo'nalishlari muhokama qilinadi.
ISO ning kengashi yiliga bir marta o'tkaziladi. Unda : 
-tashkilotning faoliyati muhokama qilinadi; 
-xalqaro standartlarni chop etishning borishi ko'rib chiqiladi; 
-kengash a'zolarining hamda texnikaviy qumitalarning raislari 
tayinlanadi. 
Xalqaro standartlar (ISO standartlari) texnikaviy qumitalarda ishlab 
chiqiladi. Hammasi bo'lib 163 ta texnik qumita tashkil etilgan. Masalan: 
TK-1 - “Rezbalar”; 
TK-2- “Boltlar, gaykalar va mahkamlovchi detallar”; 
TK-3- “Joizliklar va o'tqazishlar”; 
TK-22- “Avtomobillar”; 


21 
TK-22 T - “Qishloq xo'jaligi traktorlari”; 
TK-23- “Qishloq xo'jaligi mashinalari”; 
TK-44- “Payvandlash”; 
TK-57- “Ishlov berilgan yuzalarning sifati” va h.k.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling