O‘zbekiston davlat standartlarini ishlab chiqish tartibi.
Davlat standartlari O‘z DSt 1.1:1992 «O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini
ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish
tartibi»ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlarstandartlashtirish bo‘yicha
texnik qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar
(STT), tadbirkorlikning boshqa subyektlari tomonidan ishlab chiqilishi
mumkin. Standartning mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va
ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy
darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni
tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi. Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-
metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek, ish bosqichlarining
bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to‘rt bosqichi
o‘rnatilgan:
1-bosqich — standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlabchiqish va
tasdiqlash (zarur bo‘lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich — standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni
olish uchun tarqatish;
3-bosqich — fikr-mulohazalarni o ‘rganib chiqish, standart loyihani (oxirgi
tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich — standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish.
Izoh:standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qo‘shib bajarish ruxsat
etiladi.
1-bosqich. Texnik topshiriq me’yoriy hujjatni ishlab chiqish
ishlarini bajarish bosqichlarini o ‘rnatish maqsadida buyurtmachitashkilot
bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va,
odatda, quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:
— standartlashtirish obyekti va qo‘llanish sohasi;
— standartning bo‘limlari va standartda o ‘rnatiladigan asosiytalablar
ro‘yxati;
— standartni ishlab chiqish bosqichlari;
— standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
— standart loyihasini kelishish lozim bo‘lgan boshqaruv idoralari va (yoki)
korxonalar ro‘yxati;
— buyurtmachining boshqa talablari.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |