Umumlashgan chiziqli diskret rostlagich. Analog va diskret rostlagichlar Reja


Download 3.75 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi3.75 Kb.
#1266942
Bog'liq
Umumlashgan chiziqli diskret rostlagich. Analog va diskret rostl-fayllar.org


Umumlashgan chiziqli diskret rostlagich. Analog va diskret rostlagichlar Reja: Raqamli avtomatik boshqaruv tizimining

Umumlashgan chiziqli diskret rostlagich. Analog va diskret rostlagichlar
Reja:


Signal – deb, biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda o‘zgarishiga aytiladi. Uzluksiz signal vaqt va sath bo‘yicha diskret signalga aylantirilishi qiymatlari raqamlar bilan belgilanishi o‘z navbatida raqamlar tegishli kodlar kombinatsiyasi bilan almashtirilishi asosida xosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.
Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari an'anaviy parametrlarni: harorat, bosim, balandlik, oqim va boshqalarni tartibga solish uchun raqamli uskunalar (sanoat kompyuterlar, programlanadigan kontrolatorlar) dan keng foydalanadi. Ushbu parametrlar qiymatlari analog sensorlar bilan o'lchanadi va odatda raqamli qurilmalar bilan bog'lanish uchun analog-raqamli (ARO) va raqamli analog konvertorlar (RAO) ishlatadigan analog aktuatorlar tomonidan nazorat qilinadi. Raqamli qurilmalar raqamli signallar bilan ishlayotganligi uchun analog signallarni alohida bosqichlarga bo'linib, vaqt va darajaga qarab analog signallarni ajratish kerak.
Raqamli avtomatik boshqaruv tizimining blok diagrammasi.
ARO - analog-raqamli konvertor
RAO- Konverter - raqamli - analogli o’zgartirgich
IM - ijro etuvchi qurilma
D – datchik
O - ob'ekt
Interfeys - texnik va programmalash vositalari majmui; hisoblash, boshqarish yoki oʻlchash tizimlari (masalan, EHM ning operativ va tashqi xotira qurilmasi) dagi turli funksional qurilmalarning oʻzaro taʼsirini taʼminlaydi.
Kompyuter ishlashi uchun apparatli (Hardware) ta’minotdan tashqari dasturiy (Software) ta’minot ham muhim ahamiyatga egadir. Kompyuter tizimini tashkil etuvchi bu ikki vositaning o‘zaro aloqasi interfeys deyiladi. Interfeys bir necha turga bo‘linadi, ya’ni: apparatli interfeys; dasturiy interfeys; apparatli dasturiy interfeys. Apparatli interfeysni kompyuter qurilmalarini ishlabchiqaruvchilar ta’minlaydi. Dasturiy ta’minot bilan apparatli ta’minot o‘rtasidagi mutanosiblikni operatsion sistema boshqaradi. Kompyuterli tizim samarali ishlashi uchun apparatli va dasturiy ta’minotdan tashqari foydalanuvchi qatnashadi. Kompyuterda ishlashi jarayonida uning apparatli ta’minoti bilan ham, dasturiy ta’minoti bilan ham aloqada bo‘ladi. Insonning dastur bilan va dasturning inson bilan muloqatga kirishish usuli foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Datchik – avtomatika zvenolari tizimlarida foydalanishga qulay mashina va appratlar ish rejimlarini, jarayon texnologik parametrlarini boshqa kattaliklarga aniq fizik prinsiplar asosida о‘zgarishini bajaruvchi texnik qurilma.
Datchik chiqish signali (Xchiq) avtomatika tizimida keyinchalik qо‘llashga qulay kattalik hisoblanadi. Turli xil о‘zgartirishlarga va uzoq masofaga uzatishga eng qulay elektr kattalik bо‘lganligi uchun X - kо‘pincha elektr signali. Birlamchi о‘zgartirgichlar datchiklarga qо‘yiladigan talablar:
1) Yuqori dinamik aniqlik
2) Yuqori statik aniqlik
3) Texnik talab aniqlaydigan shartlarda yuqori ishonchlik
4) Mumkin bо‘lgan о‘lchamlari va og‘irligi
5) Yuqori о‘zgartirish koeffitsiyenti (sezgirlik)
6) Chiqish signallari yuqori quvvati
http://fayllar.org
Download 3.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling