Umumrivojlantiruvchi mashqlarini bajarishda turli obrazlardan foydalanish


Download 100.53 Kb.
bet14/15
Sana06.10.2023
Hajmi100.53 Kb.
#1693595
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAVZULARRR

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Kross yugurishda gavda holati?

  2. Kross yugurishda nafas olish tartibi qaysilar?

  3. Kross yugurish – har tomondan jismoniy rivojlanishning asosiy vositasi hisoblanadimi?



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil.

  2. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014.

  3. O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish.

  4. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi.



MAVZU: SAKRASH.


Reja:

  1. Sakrashlarning tasnifi

  2. Texnika tuzilishi va asoslari

  3. Sakrashlar texnikasi

Badiiy gimnastikada turli sakrashlarning extimolga yaqin soni asosan chegaralanmagan. Bu sakrash shaklini aniqlovchi omillar ancha ko'pligini izohlaydi, bir sakrashda birlashadigan bu omil laming turli kombinatsiya imkoniyatlari esa turli harakatlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Shu sababli sakrashning mohiyatiga ko'ra qat'iy va to'liq tasniflab bo'lmaydi. Lekin, uslubiy va amaliy maqsad uchun sakrash to'g'risida ma'lum darajada tasawurga ega bo'lish mumkin bo'lgan qisqa va qoniqarli tasnifl paydo bo'ldi.


Siltanib baland sakrash yuqoridagi guruh elementlaridan farq qilib, unda faqatgina qo'lni emas, (lekin, shart emas) balki bo'sh oyoqni ham siltashdan foydalaniladi. Shunday qilib bunday sakrashlami aniqlovchi boshqa belgilar - bir oyoqda depsinishdir. Mazkur guruhga tegishli bo'lgan sakrashda, uchishdagi eng oddiy harakat, holatni saqlab qolish yoki «namoyish qilish» bilan bog'liq bo'lgan harakatdir.
Qadamlab sakrash, keng sakrash va ularga o'xshash sakrashlar xarakterli birikmani aniqlovchi belgilarni o'z ichiga oladi. Bu sakrashni yurib, bir oyoqda depsinib, depsingan tomonga aniq harakatlanish va bir oyoqqa qo'nish bilan bajariladi. Bunday sakrashlar uchun uchish holatini saqlab qolish o'ziga hosdir. Qolgan belgilar uncha aniq ko'rinmasligi mumkin.
Murakkab burilishlar bilan sakrash ikki oyoqda hamda bir oyoqda depsinib bajarilishi mumkin. Shunday qilib, bir oyoqda siltash bu yerda shart emas, lekin qo'l bilan siltash harakatlari har doim aniq ifoda etilgan, agar bu 320° dan kam bo'lmagan burilishli sakrashga tegishli bo'lsa. Mazkur sakrashda murakkab burilishni bajarish elementning tashqi ta'siri kabi real qiyinchiligihi aniqlovchi asosiy harakat vazifasi bo'ladi. Bu esa bunday sakrashlami alohida guruh qilishga sabab bo'ladi.
Xatlab sakrash - murakkab sakrash turlarini o'z ichiga olgan o'ziga hos sakrash shaklidir (murakkab sakrash to'g'risida keyingi bo'limda). U quyidagi belgilar orqali aniqlanadi: bir oyoqda depsinib, ikkinchi oyoq va qo'l bilan ifodali siltash bilan birga uchishda ozmi-ko'pmi murakkab burilishlar, oyoq holatlarini tez-tez almashtirish va bir oyoqqa qo'nish.
Murakkab sakrashlar yuqoridagi sakrash turlaridan kamida ikki - uchta belgilarni o'zida mujassamlaydi (xatlab sakrashdan tashqari). Bitta sakrashda shunday belgilar bo'lishi mumkin: oyoqni siltab, uchishda tanani qo'shilishi, tayanchsiz holatda va burilishda holatni o'zgartirish va boshqalar.
Bunday harakatlar texnikasi va o'rgatish uslubiyotini taxlil qila turib, ularning murakkabligi, qiyinligi, koordinatsiya xususiyatlari, harakatning ifodaliligiga bog'liq bo'lgan elementlar tuzilishini, shu bilan birga mashqlarni o'zlashtirish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni hisobga olish muhimdir.
Har qanday sakrash, uning aniq shaklidan qat'iy nazar mazkur harakatni umumiy holatini ko'rishga yordam beradigan strukturali - texnik elementlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, har bir sakrash bir qancha harakat bosqichiga bo'linishi mumkin.
Sakrashning tayyorgarlik bosqichi sakrashning oldingi harakat-ga (depsinish) bog'liqdir. Bu bosqichdagi harakat butun bir sakrashning sifatiga ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga sakrashni oldingi harakat bilan o'zaro bog'liqligi xarakterini aniqlaydi.
Tayyorgarlik bosqichi sakrash turiga qarab birmuncha murakkab bo'lishi mumkin. Joyida sakrashda tayyorlov bosqichi-ning harakat tuzilishi ancha oddiy. Bunday harakatni ikki fazaga bo'lish mumkin.
Qo'llarni orqaga siltash fazasi. Joyida oyoqlarni kerib sakrashdagi qo'llarni orqaga siltash ko'rsatilgan. gimnastikachi keyingi harakatni amalga oshirish uchun qo'llarini orqaga - yuqoriga ko'taradi.
Bunda u ko'pincha, oyoq mushaklarini taranglashtirib va uni keyingi portlovchi ishga tayyorlagan holda oyoq uchiga ko'tariladi. Yelkadan oldingi mushaklari (yelkani bukuvchi) ham keyingi fazadagi harakatga tayyorlanib cho'ziladi.



Download 100.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling