Umumrivojlantiruvchi mashqlarini bajarishda turli obrazlardan foydalanish
Download 100.53 Kb.
|
MAVZULARRR
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: MUVOZANATNI SAQLASH MASHQLARI. Reja
NAZORAT SAVOLLARI
Akrobatika turlarini sanab o’ting. Akrobatika tarixini bilasizmi? Dinamik va statik mashqlar farqlari nimada? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014. O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. MAVZU: MUVOZANATNI SAQLASH MASHQLARI. Reja: Muvozanat saqlash mashqlari haqida tushuncha Muvozanat saqlash mashqlari turlari Muvozanat saqlashning zarur sharti umumiy og'irlik marka-zining tayanch maydoni ustida joylashishidir. Tayanch maydoni qanchalik katta bo'isa, muvozanat shunchalik turg‘un bo‘ladi. Muvozanat saqlash mashqlari qomatni shakllantirish uchun katta. ahamiyatga ega, chunki ulami bajarayotganda bel hamda butun gavda mushaklarining faoliyati ancha ortadi. Muvozanat saqlash mashqlari polda yoki balandroq tayanch joyda (gimnastika o‘rindig‘i, yakka xoda), turgan joyda va harakatda bajariladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida maxsus muvozanat saqlash mashqlari ko‘pincha balandroq tayanch joyda bajariladi. Turgan joyda bajariladigan mashqlarga: kichik tayanchda oyoq uchlarida, tovonlarda, bir oyoqda tik turishlar, qo‘l, oyoq, gavda harakatlari bilan bajariladigan mashqlar (masalan, bir oyoqda), shuningdek, ikki oyoqda burilishlar, sakrab burihshlar, bir va ikki oyoqda o‘tirishlar kiradi. Balandroq tayanch joyda bundan tashqari, pastroq holatdan balandroq holatga o‘tish va teskarisi - balandroq holatdan pastroq holatga (shu juinladan, yotish holatiga ham) o‘tish, o‘tirgan holatdan siltanib o‘tish mashqlari bajarilishi mumkin. Harakatda bajariladigan mashqlarga quyidagilar: yurishning barcha turlari (oddiy qadam, juftlama qadam, almash qadam, yelka bilan oldinga yurish, ko'zlarni yumib engashib yoki boshni burib yurish), yugurish va raqs qadamlari bilan harakat qilish kiradi. Ushbu mashqlar guruhining ko‘proq qismini qo‘l va gav-daning qo'shimcha harakatlari, to‘xtash, engashish, burilish va h.k.lar bilan yurish tashkil qiladi. To‘siqlarni oshib o‘tish, yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘tarib o‘tish, ikki kishi bo‘lib almashib o‘tish va aralash tayanish-larda harakat qilish katta amaliy ahamiyatga ega. Xodada muvozanat saqlash mashqlarini bajarganda arg‘amchilar, tayoqchalar (sakrab o‘tish yoki ostidan o'rmalab o'tish uchun), to‘ldirma to‘plar (ular ustidan hatlab o‘tish uchun) va h.k.lar to‘siq bo'Hb xizmat qilishi mumkin. Ko‘tarib o‘tish uchun yuk sifatida to‘ldirma to'plardan foyda-laniladi. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan guruhlarda sherigini ko‘tarib o‘tish mumkin. Balandroq tayanch joyda ikki kishi bo‘lib, almashib o‘tishning ikki asosiy usuli bor: Sheriklardan biri xodaga ko‘ndalang cho‘qqayib, tayanadi yoki qoringa yotish holatini qabul qiladi, ikkinchisi esa uning ustidan hatlab o‘tadi. Xoda ustida sheriklar uchrashganda bir-birining yelkalaridan ushlashib, o‘ng oyoqlari kaftlarining ichki qirralari bir-biriga tekkunga qadar oldinga uzatadilar va bir-birini ushlagancha. Download 100.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling