Umumrivojlantiruvchi mashqlarini bajarishda turli obrazlardan foydalanish
Download 100.53 Kb.
|
MAVZULARRR
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- MAVZU: SAKRASH. Reja: Yarim choqqayish fazasi Sakrab shpagat
- NAZORAT SAVOLLARI
NAZORAT SAVOLLARI
Qadamlab sakrash, keng sakrash va ularga o'xshash sakrashlar qanday belgilarni o'z ichiga oladi.? Sakrashning tayyorgarlik bosqichi nimaga bog'liq? Qo'llarni orqaga siltash fazasi? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014. O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. MAVZU: SAKRASH. Reja: Yarim cho'qqayish fazasi Sakrab shpagat Siltab burilib sakrash Yarim cho'qqayish fazasi. Bu faza itarilishdan keyingi harakatdir. Bunda qo'llar tezkor siltash harakati bilan yoysimon bo'lib pastga - oldinga, keyinchalik (asosiy harakat bosqichida) to'g'ri oldinga - yuqoriga harakatlanishga o'tadi (pastga qarang). Lekin bu fazada qo'llar bilan siltash harakati gimnastikachi tanasining og'irligini yuqoriga emas, pastga o'tishiga yordam beradiGimnastikachi qo'llarini siltash bilan bir vaqtda yarim cho'qqayishni ham ijro etadi: sportchi qo'llami siltash paytida oyoq tizzalarini va tos-son bo'g'imini sinxron bukib, oyoq kaftiga to'liq tushadi. Juda baland sakrashga erishish uchun yarim cho'qqayish optimal darajada bo'lishi kerak. Bu va boshqa holatlarda depsinish paytida oyoq mushaklarini rivojlantiruvchi kuch pasaydi. Tizza bo'g'imi burchagi 135-145° orasida o'zgarib turishi yaxshidir. Yarim cho'qqayishda mushak tonusining balandligi ham muhimdir. Ularning qo'llarini orqaga siltashdan keyin bo'shashishi depsinish kuchining pasayishiga olib keladi. Yarimcho'qqayish fazasi tizza va tos-son bo'g'imining buki-lishi maksimum darajaga yetib, qo'Uar esa eng pastki holatda bo'lganda tugashi kerak. Sakrashning tayyorgarlik bosqichi dinamikasi o'ziga xosdir. Qo'llami orqaga siltash va ungacha bo'lgan (agar, gimnastikachi statik holatda bo'lsa) holatda oyoq bilan tayanchga beriladigan bosim sportchi tanasi og'irligi bilan teng bo'ladi. Yarimcho'qqayish boshlanishida bosim pasayadi: bukilib qo'llami pastga yo'naltira turib, gimnastikachi tayanch a'zolarini yuqoriga harakatlantiradi va keskin harakatda bu hatto tayanchni qisqa muddatga yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Lekin oyoqlami bukishning boshlang'ich impulsidan so'ng, darhol mushak apparati oyoqlar hali tizza va tos-son bo'g'imidan bukiladi, depsinishni ta'minlovchi yozuvchi mushaklar esa tezlik bilan ishga kirishib ketadi. Shuning uchun yarimcho'qqayishning ikkinchi qismida tayanchga bo'lgan bosim yana kuchayib mazkur sakrash uchun yoki yarim cho'qqayishning oxirgi fazasida (joydan sakrashda), yoki ancha kechroq maksimum holatga yetadi. Yarimcho'qqayish amortizatsiya vazifasini ham bajaradi: gimnastikachi oldingi harakat tezligini qisman kamaytira turib, kuchlanishni oyoq uchidan oyoq kaftiga (oyoq kaftlarini yozish) o'tkazish va oyoqning tizza hamda tosson bo'g'imini bukish hisobiga tayanchga kelishini engillashtiradi. Sakrab shpagat - sakrashning o'ziga xos turi bo'lib, ikki oyoqda depsinib, ham siltab bajariladi. Mazkur holatni amalga oshirish bosqichida oyoqlar bilan qarama-qarshi tomonga sinxron-li siltash bajariladi. Sakrash oddiydagi singari ko'ndalangiga ham shunday bajariladi. Aytib o'tilganlardan tashqari bu harakatlarning yana ikki xil varianti mavjud. Oyoqni siltab baland sakrash bir oyoqda depsinish va energiya hosil qilish kabi holatni hosil qiluvchi ikkinchi oyoqning foal harakati bilan bajariladi. Oldinga va yonga siltab sakrash to'g'ri yoki bukilgan oyoqni siltab, bir yoki ikkala oyoqda qo'nish bilan bajarilishi mumkin. Bunga xos turlari: oyoqni almashtirish va siltanuvchi oyoqqa qo'nish bilan sakrash (to'g'ri yoki bukib siltash bilan), oldinga siltanib sakrash, oyoqni bukib siltash bilan yopiq sakrash, oyoqni yonga siltab sakrash, vertikal shpagat va boshqalar. Siltab burilib sakrash - oyoq bilan siltab bajariladigan sakrashlarning murakkab turlaridandir. Gimnastikachi e'tibor bilan oyoqni siltaydi, masalan oldinga; siltash jarayonidayoq (tayanchdan uzilish fazasida, qo'l va oyoq bilan siltash harakati tormozlangan-da) depsinuvchi oyoq bilan yonga burilish boshlanadi. Chap oyoqda oldinga siltanganda gimnastikachi siltash oxirida yelkalari bilan ozgina orqaga egiladi va siltanuvchi oyoq uchini nazorat qila turib o'ngga burilishni boshlaydi. Tayanchdan uzilgan zahoti gimnastikachi yelkasi va boshini birdan o'ngga buradi va aylanib burilishga yakun yasaydi. Siltab burilib sakrash oyoq bilan yonga va orqaga siltanib bajarilishi ham mumkin. NAZORAT SAVOLLARI Siltab burilib sakrash haqida gapirib bering? Sakrashning tayyorgarlik bosqichi nimaga bog'liq? Qo'llarni orqaga siltash fazasi? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil. Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014. O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi. Download 100.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling