Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

 
 
 
 
 
4-rasm. 
Pilla 
ipining 
mikroskop 
ostida 
ko`rinishi. 


113 
AMALIY MASHG`ULOT № 3 
Mavzu: KIMYOVIY TOLALAR TASNIFI, ULARNI TURLARINI 
O‟RGANISH 
Ishning maqsadi: Kimyoviy tolalarning tasnifi, ularni turlari, 
xossalarini organoleptik va laboratoriya 
usuli bilan aniqlashni o`rganish. 
 
ASOSIY MA`LUMOTLAR:
Kimyoviy tolalar sun`iy va sintetik xillarga bo`linadi. Sun`iy tolalar 
ishlab 
chiqarishda 
xom 
ashyo 
sifatida 
yogoch 
tsellyulozasi, 
paxta 
chiqindilari, shisha, metallar va boshqalar, sintetik tolalar ishlab chikarishda 
esa gazlar hamda toshko`mir va neftni qayta ishlash maxsulotlari ishlatiladi. 
Sun`iy 
tolalarning 
kimyoviy 
tarkibi 
ular 
olinadigan 
dastlabki 
tabiiy 
xom ashyoning kimyoviy tarkibidan farq qilmaydi. Sintetik tolalar kimyoviy 
sintez 
reaktsiyalari 
natijasida, 
ya`ni 
past 
molekulyar 
moddalar 
molekulalarini 
yiriklashtirib, 
ularni 
yuqori 
molekulyar 
birikmalarga 
aylantirish 
natijasida 
olinadi. 
Bunday 
tolalar 
tabiatda 
tayyor 
holda 
uchramaydi. 
Kimyoviy tolalar olish jarayoni uch bosqichdan iborat: yigiruv eritmasini 
hosil qilish, tolani shakllantirish va pardozlash. Mineral tolalardan boshqa barcha 
tolalar yigiruv eritmalari deb ataladigan eritmalar yoki suyuqlanmalardan olinadi. 
Tolaga ip shaklini berishda yigiruv eritmasi filer deb ataladigan maxsus 
qalpoqchalarning mayda teshiklaridan kuch bilan o‗tkaziladi. Filerlar yigiruv 
mashinalarida kimyoviy tolalarga shakl beradigan ish organlari hisoblanadi. 
Filerlar qimmatbaho metallardan tayyorlanadi. 
Filerlardan chiqayotgan yigiruv eritmasi oqimlari qotib ipga aylapadi. 
Eritmalardan ip olishda ular cho‗ktirish vannasida hul muhitda qotishi mumkin
bunday usul ho‗l usul deb ataladi. Eritma oqimlarini quruq muhitda qaynoq havo 
bilan qotirish usuli ham bor, bu usul quruq usul deyiladi. Kompleks to‘qimachilik 
iplari ishlab chiqarishda filerda teshiklar 24—50 tagacha bo‗ladi. Bir filerdan 
chiqqan iplar umumiy kompleks ipga birlashadi, so‗ngra cho‗ziladi va o‗raladi. 
Iplarni pardozlash uchuy ular yuviladi, quritiladi, buraladi va buramini 
mustahkamlash uchun termik ishlanadi. Ba‘zi tolalar oqartiriladi yoki bo‗yaladi. 
hozirgi vaqtda to‗gridan-to‗g‗ri yigiruv eritmasiga bo‗yoq qo‗shish usuli 


114 
qo‗llanilmoqda. Sutrang tolalar olish uchun yigiruv eritmasiga mayin qilib tuyilgan 
titan (IV)-oksid kukuni qo‗shiladi. Profillangan yoki ichi bo‗sh tolalar olish uchun 
murakkab shaklli teshiklari bo‗lgan filerlar ishlatiladi.
5-rasm. Sentrifugali yigiruv mashina. 6-rasm. Kondalang qirqim shakllari: 
a-filerning 
profillangan 
teshiklariniki, 
b-profillangan 
tolalariniki, v-ichi bo‗sh tolalarniki. 
SHtapel tolalar ishlab chiqarishda filerdagi teshiklar soni 40 mingga etishi 
mumkin. Har qaysi filerdan tolalar dastasi olinadi. Dastalar pilta qilib 
birlashtiriladi, siqiladi va quritiladi, shundan keyin istalgan uzunlikda kesiladi. 
Odatda, kesish to‗qimachilik korxonalarida bajariladi. SHunday qilib, shtapel 
tolalar deganda kalta kimyoviy tolalar tushuniladi.

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling