Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY MA`LUMOTLAR: Paxta tolasining ko`ndalang qismi oval shaklda bo`ladi.
- Paxta Yo„g„onligi (ingichkaligi) Uzunligi, mm Teks №
AMALIY MASHG`ULOT №2
Mavzu: TOLALAR XOSSALLARINI ORGANOLEPTIK USULI BILAN ANIQLASH Ishning maqsadi: Tabiiy tolalarning asosiy turlari, tuzilishini va xossalarini o`rganish, tolalar xossallarini organoleptik va laboratoriya usuli bilan aniqlash. ASOSIY MA`LUMOTLAR: Paxta tolasining ko`ndalang qismi oval shaklda bo`ladi. Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta deyarli sof sellyuzadan iborat. Pishgan paxta tolasi 95—96% sellyuza va 4—5% turli aralashmalar – moy, mum, bo`yoq va mineral moddalardan iborat. Tolaning sirtqi sellyuza-moy qatlami kutikuladeb ataladi. Tolalarning uzunligi bilan yo`g`onligi bir-biriga bog`liq, ular paxta naviga qarab har xil bo`ladi (1-jadval). Tolalar ko`ndalang kesimining o`rtacha o`lchami 15—25 mkm. Kalta tolali paxtani qayta ishlab yo`g`on va tukdor kalava ip olinadi; uundan bayka, flannel, bumazey va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. O`rtacha tolali paxtadan o`rtacha nomerli ip yigiriladi; undan chit, satin va boshqa gazlamalar to`qiladi. Uzun tolali paxtadan eng ingichka va silliq ip yigiriladi; undan sifatli yupqa ip gazlamalar – batist, markizet, mayin satin va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. 1-jadval Paxta Yo„g„onligi (ingichkaligi) Uzunligi, mm Teks № Uzun tolali O‗rtacha tolali Kalta tolali 0,116—0,125 0,2—0,166 0,25—0,2 6000—8000 5000—6000 4000—4800 35 va undan uzun 28—34 28 gacha Tolalarning pishiqligi ularning pishganlik darajasiga bog‗liq. Pishiqlik bilan o‗lchanadi. Normal pishgan tola uchun o‗rtacha uzish kuchi 5 kH, nisbiy uzish kuchi 27—36 kH/teks, tolalarning uzilishidagi to‗liq uzayishi 7—8%. To‗liq uzayishning taxminan 50% ini plastik deformasiya tashkil qiladi. SHuning uchun ip gazlama ancha g‗ijimlanuvchan bo‗ladi. 109 Tolalarning rangi oq, biroz sariq. Ba`zi g‗o‗za navlaridan to‗q sariq sarg‗ish va boshqa tabiiy rangdagi tolalar olinadi. Bunday tolalarning kutikulasi tarkibida bo‗yovchi pigment bo‗ladi. Paxtaning gigroskopikligi ancha yuqori. Paxtaning namligi namliq temperatura sharoitiga va ifloslanganlik darajasiga bog‗liq. Normal sharoitda (temperatura 20 o C va havoning nisbiy namligi 65%) pishgan tolalarning namligi 8—9% bo‗ladi. Havoning nisbiy namligi oshgan sari paxtaning namligi ham oshadi va havoning namligi 100% bo‗lganda 20% ga etadi. Paxta namni tez shimadi va ketkazadi, ya`ni tez quriydi. Paxta tolasi suvga botirilganda shishadi, shunda uzilishga pishiqligi 15—17% oshadi. Paxtaga kislotava ishqorlar ta`sir etadi. Paxta kislotasiga chidamsiz. U hatto suyltirilgan kislotalar ta`sirida ham emirilada, kislotalari uzoq ta`sir qilib tugan ip gazlama qurilgandan keyin pishiqligi shunchalik pasayib ketadiki, hatto papiros qog‗ozidek yirtilib ketaverardi. Konsetrasiyalangan sul`far kislota tolani ko‗mirga aylantiradi. Paxta tolalari sarg‗ish alanga berib yonadi va to‗liq yonib kulrang kul hosil qiladi. Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qog‗oz hidi keladi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling