Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»


Download 3.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/93
Sana13.10.2023
Hajmi3.42 Mb.
#1701323
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93
Bog'liq
Majmua Tolalar ish chiq

AMALIY MASHG`ULOT №1 
Mavzu: TABIIY TOLALAR TASNIFI VA ULARNING TURLARINI 
О`RGANISH.
Ishning maqsadi: Tabiiy tolalarning asosiy turlari, tuzilishini va xossalarini 
o`rganish, tolalar xossallarini organoleptik va laboratoriya usuli bilan aniqlash. 
ASOSIY MA`LUMOTLAR:
 
To
ʻ qimachilik tolalari - arqoq va tanda iplari, gʻ altak ip va boshqa 
to
ʻ qimachilik buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan, uzunligi koʻ ndalang qesimi 
yuzasidan ancha katta bo
ʻ lgan, egiluvchan, ingichka va pishiq materiallar. 
To
ʻ qimachilik tolalari tabiiy va kimyoviy guruxlarga boʻ linadi. 
Tabiiy tolalar yuqori molekulali organik moddalar — o
ʻ simlik organlari va 
hayvonlar juni hamda momig
ʻ idan, oʻ simliklar urugʻ i (mas., paxtali chigit), 
poyasi (mas., zig
ʻ ir tolasi), bargi (mas., yukka tolasi), mevasi (mas., lastochnik 
tolasi), ipak qurti pillalaridan olinadi. Tabiiy tolalar yuqori molekulali anorganik 
moddalar (mas., mineral va boshqalar)dan ham ishlab chiqariladi (yana 
q. 
Kimyoviy tolalar
). 
Bo
ʻ ylamasiga ajralmaydigan (yakka) Toʻ qimachilik tolalari elementar 
tolalar, bir necha elementar tolalarni bo
ʻ ylamasiga biriktirib xreil qilingan 
To
ʻ qimachilik tolalari texnik tolalar deyiladi. Ancha uzun elementar 
To
ʻ qimachilik tolalari elementar iplar deb ataladi. Baʼ zi Toʻ qimachilik 
tolalarida kanallar bo
ʻ ladi. Toʻ qimachilik tolalaridan, asosan, ip olinadi, undan 
esa gazlama, trikotaj, to
ʻ qimachilik buyumlari va boshqa narsalar tayyorlanadi. 
To
ʻ qimachilik tolalari orasida eng keng tarqalgani paxta tolasi hisoblanadi. Paxta 
tolasidan kiyimkechak, texnik mato va turlituman trikotaj, iplar, paxtadan esa 
momiq paxta, yigirilmaydigan materiallar va boshqa tayyorlanadi. 
Lub tolalaridan biri — zig
ʻ ir poyasidan olinadigan tola juda ingichka, 
pishiq, kam cho
ʻ ziladi, gigroskopik boʻ ladi. Uning ipidan qopqanor
kiyimkechak, texnik mato va boshqa gazlamalar tayyorlanadi. Dag
ʻ al poya tolasi 
— kanop va penkadan arqonlar, dag
ʻ al gazlamalar tayyorlanadi. Jut ham dagʻ al 
poya tolasi bo
ʻ lib, u koʻ p tarqalgan, namni oʻ ziga yaxshi tortadi, xossasi 
kanopnikiga yaqin. Undan ko
ʻ proq shakar qoplari va boshqa tayyorlanadi. Tabiiy 
tolalardan jun va ipak kiyimkechak va boshqa tayyorlashda qimmatli xom ashyo 
hisoblanadi. 
Asbest mineral To
ʻ qimachilik tolalaridan boʻ lib, texnik matolar 
tayyorlashda, ko
ʻ pchilik sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Tabiiy Toʻ qimachilik 


105 
tolalari sof va aralash (mas., junpaxta) holda, ko
ʻ pincha, shtapel tolalari bn 
aralashgan holda ishlatiladi. Aralash holdagisi gazlama sifatini yaxshilaydi, i.ch. 
tannarxini kamaytiradi. 
To
ʻ qimachilik tolalari ichida shisha tola va iplar alohida oʻ rin egallaydi. 
Ular texnikada elektr, issikushk, tovush izolyatsiyasi va boshqa izolyatsiya, 
filtrlash (suzish) materiallari, yonmaydigan buyumlar, shishaplastiklar va boshqa 
tayyorlash uchun ishlatiladi.
Paxta – g‗o‗za deb ataladigan o‗simlik urug‗i (chigitni) qoplab turadigan 
juda ingichka tolalar. Paxta to‗qimachilik sanoatining muhim xom ashyosi 
hisoblanadi.
Paxtaning chigitdan ajratilmagan tolalari chigitli paxta deb ataladi. CHigitli 
paxtaning 
1
/
3
qismini tola, 
2
/
3
qismini chigit tashkil etadi. 
Paxta tolasi chigit po‗stlog‗idan rivojlanadigan bitta o‗simlik hujayrasidan 
iborat. (1-rasm
Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Mikroskop ostiga qo‗yib ko‗rsaq pishmagan (o‗lik) paxta tolalari yassi, 
lentasimon, yupqa devorli ekanligini va o‗tasida keng kanal borligini ko‗ramiz. 
Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuza yig‗iladi va devorlari qalinlashadi, kanali 
troyadi, tolalar buramdor bo‗lib qoladi. Pishgan paxta tolalarining bo‗ylama 
ko‗rinishi spiralsimon buralgan yassi naychalardan iborat. Pishib o‗tib ketgan 
tolalar o‗rtasida ingichka kanali bor silindir shaklini oladi. Paxta tolalari kanalining 
bir tomoni ochiq bo‗ladi. 
 
1-rasm. Paxta tolasining mikroskop ostida ko‗rinishi: 
a—mutlaqo pishmagan (o‘lik) tola, b—pishmagan tola, v—yaxshi pishmagan tola, 
g—pishgan tola, d—pishib o‘tib ketgan tola. 


106 

Download 3.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling