Asetat tola. Asetat tola olishda xom ashyo sifatida paxta chiqindilari
ishlatiladi. Paxta chiqindilari muzlatilgan sirka kislota muhitida asetat angidrid
bilan ishlanadi. Bunday reaksiya asetillash deb ataladi. Suv yoki suyultirilgan sirka
kislota qo‗yish natijasida oq cho‗kindi hosil bo‗ladi. Bu cho‗kindi yuviladi, spirt va
aseton aralashmasida eritiladi. Hosil bo‗lgan yigiruv eritmasidan quruq usulda
tolalar shakllantiriladi.
Asetat tolaning tuzilishi viskoza tolaning tuzilishiga o‗xshaydi, lekin unda
chuqurroq yo`llar bo‗ladi.
Asetat tolalarning kimyoviy tarkibi kimyoviy bog‗langan sellyulozadan
iborat, shuning uchun ularning xossalari viskoza va mis-ammiak tolalalrning
xossalaridan farq qiladi.
Normal asetat tolaning pishiqligi viskoza tolaning pishiqligidan bir ozx
pasroq. Normal asetat tolaning nisbiy uzilish nagrukasi P
H
= 10,8—13,5 kH/teks.
Ho‗l holatda 30 % gacha pishiqligini yo`qotadi.
Uzilishdagi uzayishi 22—30 % ga etadi. Asetat tolaning qayishqoqligi
vizkoza va mis-ammiak tolanikidan ancha katta. SHuning uchun asetat gazlamalar
kamroq g‗ijimlanadi.
Asetat tolalarning gigroskopligi 6—8 %. Ular spirt va asetonda eriydi, 140
o
C
gacha qizdirilganda suyuqlanadi (boshqa barcha o‗simlik tolalari kuchli
qizdirilganda ko‗mirga aylanadi).
Tolalar sariq alanga chiqarib sekin yonadi. Natijada tolaning uchi
dumaloqlanib qotib qoladi. Asetat tolalarning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri
shuki, ular ultrabinafsharang nurlarni o‗tkazadi.
Triasetat tola. Triasetat tola butunlay asetillangan sellyulozadan ishlab
chiqarilishi bilan asetat toladan farq qiladi.
Juda qayishqoqligi, pishiqligi (P
n
=11 – 12 kH/teks), asetonga chidamliligi
118
Do'stlaringiz bilan baham: |