119
Sintetik tolalar zavodida kaprolaktamdan
kapron smolasi olinadi, u
suyuqlangan halatda filerga kirib, undan ingichka oqimlar tarzida chiqadi va
havoda qotadi. Endigina qotgan tolalar cho‗ziladi, buraladi, issiq suv va bug‗da
termik ishlanib strukturasi o‗zgarmaydigan qilinadi.
Izolyasiyalash xossalari
yuqori bo‗lgan ichi bo‗sh kapron tola, profillangan va ko‗p kirishadigan (30—
35%) tola olish usullari ishlab chiqilgan.
Anid (neylon) va etant ishlab chiqarish jarayonlari kapron ishlab chiqarish
jarayonlaridan uncha farq qilmaydi.
Poliamid tolalar silindr shaklida bo‗lib,
ularda mikroskop ostida
ko‗rinadigan g‗ovak va darzlar bor; ko‗ndalang kesimi dumaloq yoki uch yoqli
(profillangan) bo‗lishi mumkin. Poliamid tolalarga xos xossalar: engil, qayishqoq,
uzilishga
pishiqligi yuqori, ishqalanish va egilishga chidamli, kimyoviy turg‗un,
sovuqqa, mikroorganizmlar ta`siriga chidamli, mog‗orlamaydi.
Uzilishga pishiqligi jihatidan kapron po‗latdan 2,5 barobar ustun turadi.
Kapron tolalar faqat konsentrasiyalangan kislotalar va fenolda eriydi.
Ular yashil
alanga berib yonadi, shunda tolalarning uchi qo‗ng‗ir rangda dumaloqlanadi.
Gigroskopikligining pastligi va issiqqa uncha chidamasligi kapron tolalarning
kamchiligidir. Anid va etantning xossalari kapron xossalariga o‗xshaydi.
Poliamid tolalarning asosiy ko‗rsatkichlari jadvalda ko‗rsatilgan.
Jadval.
Tola
Nisbiy uzilish
nag-ruzkasi,
kh/teks
Uzilishdagi
uzayishi, %
Gigroskopikligi,
%
YUmshash
temperatursi,
o
C
Kapron
Anid
Etant
45 – 70
45 – 70
40 – 65
20 – 25
20 – 25
18 – 23
3,5 – 4
3,5 – 4
2,4
170
235
200
Kapron kompleks iplar, shtapel tolalar, monotola (yakka tola) tarzida ishlab
chiqariladi. U gazlamalar, paypoqlar, trikotaj, g‗altak iplar, uqalar, arqonlar, baliq
ovlash turlari va hokazolar tayyorlashga keng ishlatiladi.
Anid va etant asosan
texnik maqsadlarda qo‗llaniladi, lekin keng iste`mol mollari tayyorlashda ham
ishlatilishi mumkin. Engil ko‗ylaklik va bluzkabop gazlamalar to‗qish uchun
modifikatsiyalangan poliamid tola – shelondan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: