Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
Oddiy (silliq) o‘rilishlar
Oddiy o‗rilishlar klassiga polotno, sarja, atlas-satin o‗rilishlar kiradi. Barcha silliq o‗rilishlarga xos xususiyatlar: har qaysi tanda ipi rapportda arqoq ipi bilan 45 faqat bir marta o‗rshshshadi, har doim tanda bo‗yicha rapport arqoq bo‗yicha rapportga teng bo‗ladi. Polotno o‘ralish — to‗kuvchilik o‗rilishlari ichida eng keng tarqalgan o‗rilish. Bunda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat keladi: gazlamaning o‗ngiga bir gal tanda ipi t, bir gal arqoq ipi a chiqadi. (1-rasm). Polotno urilish rapporti tanda va arkqoq bo‗yicha ikki ipga teng. Polotno o‗rilishda to‗qilgan gazlamalarning o‗ngi va teskarisi bir xil, tekis va sutrang bo‗ladi. Polotno o‗rilish ip gazlamalar — chit, bo‗z, mitkal, markizet, batist, maya va hokazo; zig‗ir tolali gazlamalar — polotno, bortovka, parusina va hokazo; shoyi gazlamalar — krepdeshin, krep-jorjet, krep-shifon, krep-maroken va hokazo; jun gazlamalar — movut, ba‘zi ko‗ylaklik va kostyumlik gazlamalar to‗qishda qo‗llaniladi. Polotno o‗rilishda to‗qilgan gazlama eng pishiq, gazlama zich to‗qilganda ancha qattikq bo‗ladi. Agar polotno o‗rilishda tanda arqoqda qaraganda ingichka bo‗lsa, gazlamada (tafta, poplin va hokazo) ko‗ndalang yo‗llar hosil bo‗ladi. Bunday gazlamalar soxta repsli deb ataladi, chunki tashqi ko‗rinishidan repsga o‗xshaydi. Sarja o‘rilishli gazlamalarning o‗ziga xos tomoni shundaki, ularda gazlama (sarja, kashemir, shotlandka) diagonali bo‗ylab ketgan yo‗llar bo‗ladi. Sarja gazlamalarning o‗ngida, odatda, yo‗llar chapdan o‗ngga qarab pastdan yuqoriga, ba‘zan esa o‗ngdan chapga qarab ketadi. Sarja hosil bo‗lishining o‗ziga xos alomatlari: rapportda iplar soni eng kam (3ta) bo‗ladi; har gal arqoq ipi tashlanganda to‗quv naqshi bir ipga suriladi. Sarja o‗rilish kasr bilan belgilanadi; suratda har qaysi rapport qatoridagi tanda bilan yopilishlar t soni, maxrajda arqoq bilan yopilishlar a soni ko‗rsatiladi (2-rasm). Sarjaiing tanda bo‗yicha rapporti arqoq bo‗yicha rapportiga hamda surat va maxrajdagi radamlar yig‗indisiga teng. Agar sarjaning o‗ngida tanda iplari ko‗p bo‗lsa, bunday o‗rilish tandali sarja o‗rilish deyiladi (2/1;3/1; 4/1). 1-rasm 2-rasm Agar sarjaiing o‗ngida arqoq iplari ko‗p bo‗lsa, arqoqli sarja o‗rilish deyiladi (1/2; 1/3; 1/4). 46 Odatda, ipak tandali va ip arqoqli yarim shoyi gazlamalar tandali sarja o‗rilishda to‗qiladi. Tandasini paxta ip, arqog‗ini jun ip tashkil qilgan yarim jum gazlamalar, odatda, arqoqli sarja o‗rilishda to‗qiladi. Sarja rapportidagi iplar soniga hamda tanda va arqoqning zichligiga qarab, sarja o‗rilishdagi yo‗llarning qiyalik burchagi har xil bo‗lishi mumkin. Agar tanda va arqoq iplarining zichligi va yo‗g‗onligi bir xil bo‗lsa, sarja yo‗llarining qiyalik burchagi 45 o tashkil qiladi. Sarja o‗rilishli gazlamalar elastiq mayin, lekin polotno o‗rilishli gazlamalarga qaraganda pishiqligi pastroq bo‗ladi, chunki sarja o‗rilishdagi yopilishlar polotno o‗rilishdagiga qaraganda cho‗ziqroq. Sarja o‗rilishda siyrakroq to‗qilgan gazlamalar diagonal bo‗yicha cho‗ziluvchan bo‗ladi. Satin va atlas o‘rilishli gazlamalarning o‗ngida cho‗ziq yopilishlar bo‗ladi, shuning uchun gazlamaning o‗ngi, odatda, silliq bo‗ladi va tovlanib turadi. Satinning o‗ngida arqoq iplari, atlasning o‗ngida esa tanda iplari ko‗p bo‗ladi. Satin va atlas o‗rilishlar rapportida kamida beshta ip bo‗lishi kerak Besh ipli satinda (3-rasm) har qaysi tanda ipi t rapportda faqat bir marta gazlama o‗ngiga chiqadi, so‗ngra to‗rtta arqoq ipi a tagiga o‗tadi. SHunday qilib, o‗rilishni katak qog‗ozga chizganda har bir gorizontal qatorda bir katakni shtrixlash va to‗rt katakni bo‗sh qoldirish, yana bir katakni shtrixlash va to‗rt katakni bo‗sh qoldirish kerak va hokazo. Keyingi har bir gorizontal qatorda ham yopilishlar shunday o‗rin almashadi, lekin ikki ipga turiladi. Sakkiz ipli satinlarda tanda ipi ettita arqoq ipi tagidan o‗tadi va 3 yoki 5 ipga suriladi. Keng tarqalgan ip gazlama—satin satin o‗rilishda to‗qiladi. Satin o‗rilishda arqoq bilan yopilishlar cho‗ziqroq bo‗lgani uchun arqoq bo‗yicha juda zich gazlamalar to‗qishga imkon tug‗iladi. 3-rasm 4-rasm Atlas urilish (4-rasm) satin o‗rilishga o‗xshaydi, lekin besh ipli atlas o‗rilishda rapportdagi har qaysi tanda ipi t turtta arqoq ipi a ni yopadi va bitta arqoq ipi tagidan o‗tadi. Atlas o‗rilishli gazlamalarning o‗ngi tanda iplaridan iborat bo‗ladi. Ip gazlama (satin-dubl va lastik), zig‗ir tolali gazlama (kostyumlik 47 kalamenka), shoyi gazlamalar (krep-satin), korset gazlamalar, pijamalar tikiladigan shtapel gazlamalar, ko‗pgina astarlik shoyi va yarim shoyi gazlamalar atlas o‗rilishda to‗qiladi. Satin va atlas o‗rilishlarda to‗qilgan gazlamalar ipqalanishga ancha chidamli bo‗ladi. Bunday o‗rilishda to‗qilgan gazlamalarning kamchiligi shuki, ular titiluvchan bo‗ladi, taxla-ganda va tikkanda sirpanib ketaveradi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling