Umumtexnika fanlari va texnologiya kafedrasi ro‟yxatga olindi №2020 y ― ‖ «tasdiqlayman»
Download 3.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Majmua Tolalar ish chiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlamaning zichligi
KALAVA IP VA IPLARNING TUZILISHI
1. Kalava ip va iplarning tuzilishi 2. Gazlamaning zichligi Kalava ip va iplarning yg‗o‗onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning tuzilishiga ancha ta‘sir qiladi. CHiziqli zichligi yuqori bo‗lgan kalava ip va iplardan qalin, og‗ir va dag‗ral gazlamalar to‗qiladi. Turli yo‗g‗onlikdagi tanda va arqoqni birlashtirib to‗qish natijasida gazlamada bo‗ylama va ko‗ndalang yo‗llar, bo‗rtma kataklar hosil qilinadi. Kalava ip yoki ipning burami ko‗payishi (yaxshi pishitilishi) bilan gazlamalar yupqalashadi, qayishqoqligi va qattiqligi oshadi. Ko‗p buramli kalava ip va iplardan to‗qilgan yupqa shaffof ip gazlama va shoyi gazlamalar buklanganda muar effekt – tovlanib turadigan to‗lqinsimon chizitslar hosil bo‗ladi. Gazlamaning tuzilishiga faqat buramlar soni emas, balki yo‗nalishi ham ta‘sir qiladi. Agar tanda va arqoq iplari bir yo‗nalishda buralgan bo‗lsa, o‗ramlar turli yo‗nalishda joylashadi. Gazlamada shunday iplarning konturlari bilinib turadi va o‗rilish naqshi yaqqolroq chiqadi. Agar tanda va arqoq iplari turli yo‗nalishda buralgan bo‗lsa, uramlar bir yo‗nalishda joylashadi. Bunda gazlama sirtida relef uncha bilinmaydi. Bunday gazlamalarda tuk chiqarish ancha oson bo‗ladi. Ip sistemalaridan birida turli yo‗nalishda buralgan (pishitilgan) ip va kalava iplarni qo‗llash mumkin. Masalan, krep-deshinlarda arqoq bo‗yicha o‗ng va chap kreplar, ya‘ni ikkita ip almashinib keladi. Pardozlangandan so‗ng gazlama sirti dona-dor bo‗lib chiqadi. 39 Tuguncha-tugunchali, halqasimon, spiralsimon kalava iplarni, shuningdek hajmdor va elastik sintetik iplarni qo‗llash natijasida gazlamaning qalinligi, hajmdorligi oshadi, gazlama ko‗rkamlashadi. Gazlamaning zichligi Gazlamaning zichligi uning uzunlik birligiga, odatda, 10 sm ga to‗g‗ri keladigan iplar soni bilan belgilanadi. Gazlamaning tanda bo‗yicha zichligi va arqoq bo‗yicha zichligi bir-biridan farq qiladi hamda har doim ular alohida-alohida aniqlanadi. Agar gazlamaning tanda va arqoq bo‗yicha zichligi bir xil bo‗lsa, bunday gazlama zichligi bir tekis gazlama deyiladi. Agar gazlamaning tanda va arqoq bo‗yicha zichligi bir xil bo‗lsa, bunday gazlama zichligi notekis gazlama deb ataladi. Gazlamaning haqiqiy, maksimal va nisbiy zichligi bo‗lishi mumkin (rasm). Gazlamaning haqiqiy zichligi 10 sm gazlamaga to‗g‗ri keladigan haqiqiy iplar soni bilan belgilanadi. Bunday zichlik iplarni to‗quvchilik lupasi yordamida sanash yoki 5x5 sm li namunadan iplarni sug‗urib olish yo‗li bilan aniqlanadi. Iplar sug‗urib olingandan so‗ng tanda iplari soni alohida, arqoq iplari soni alohida sanaladi. Har qaysi natijani alohida-alohida ikkiga ko‗paytirib tanda bo‗yicha haqiqiy zichliq arqoq bo‗yicha haqiqiy zichlik ko‗rsatkichlari topiladi. Haqiqiy zichlik kalava ip (ip) ning yo‗g‗onligiga bog‗liq bo‗ladi, u gazlamaning kalava ip bilan to‗lganlik darajasi, iplar orasidagi masofa haqida tasavvur bermaydi. Masalan, drapning haqiqiy zichligi 160, markizetning haqiqiy zichligi 730. Gazlamalarni zichlik bo‗yicha taqqoslash uchun maksimal va nisbiy zichlik tushunchalari kiritilgan. Gazlamaning maksimal zichligi shunday shartli zichlikki, unda barcha iplarning diametri bir xil va ular bir-biriga bir tekis tegib turadi, deb qabul qilingan. Agar kalava ip diametrini d, uzunligini l bilan bilan belgilasak uzunlik birligiga to‗g‗ri keladigan iplar sonini, ya‘ni maksimal zichligi P max ni hisoblash mumkin: Kalava ipning diametri bilan metrik nomeri orasida bog‗liqlik mavjud bo‗lgani uchun d qiymatini N orqali ifodalab quyidagini hosil qilamiz: bu erda: l — zichlik uchun o‗zgarmas qiymat, u 100 mm ga teng; k — kalava ip diametri bilan nomer orasidagi bog‗liqlik koeffitsienti; paxta kalava ip uchun k=1,25, jun kalava ip uchun k=1,33. . max d l П N k d , / max k N l П 40 Formuladagi l|k ni koeffitsient c bilan almashtirib, quyidagini hosil qilamiz: Paxta kalava ip uchun c=80, jun kalava ip uchun c=75. Nisbiy zichlik (chizikli to‗lish)—haqiqiy zichlikning maksimal zichlikka nisbati. Nisbiy zichlik E protsentda ifodalanadi va quyidagi formulalardan aniklanadi: Agar haqiqiy va maksimal zichliklar teng bo‗lsa, ya‘ni iplar bir-biriga tegib tursa, gazlamaning nisbiy zichligi 100% bo‗ladi. Agar haqiqiy zichlik maksimal zichlikdan ikki barobar kichik bo‗lsa, iplar orasidagi masofa ularning diametriga teng bo‗ladi, gazlamaning nisbiy zichligi 50% ni tashkil qiladi. Agar nisbiy zichlik 100% dan yuqori bo‗lsa, iplar qisiladi yoki vertikal bo‗yicha suriladi. Nisbiy zichlikni ifodalovchi raqam gazlamaning iplar bilan to‗lganlik darajasi haqida tasavvur olishga va gazlamalarning zichligini taqoslab ko‗rishga imkon beradi. Har doim nisbiy zichlik tanda uchun alohida, arqoq uchun alohida hisoblanadi. Ba‘zi gazlamalarning tanda bo‗yicha ham, arqoq bo‗yicha ham nisbiy zichligi 100% dan yuqori bo‗ladi. Nisbiy zichligi yuqori bo‗lgan gazlamalarni tikish qiyin, chunki tikish paytida igna iplarni uzib yuborishi mumkin. Bunday gazlamalarni dazmollash ham qiyin. Masalan, sof jun gabardinning tanda bo‗yicha nisbiy zichligi 140% gacha bo‗lishi mumkin. SHuning uchun gabardinni tikish va dazmollash ancha qiyin. Nisbiy zichligi oshib ketsa, gazlama qattiqlashadi, ogirlashadi, uzilish va ishqalanishga chidamliligi oshadi, qayishqoqligi, chang o‗tkazmasligi kuchayadi, havo o‗tkazuvchanligi va cho‗ziluvchanligi yomonlashadi. Masalan, chang o‗tkazmaydigan moleskinlarning arqoq bo‗yicha nisbiy zichligi 140%. Nisbiy zichligi kichik bo‗lgan gazlamalar engil bo‗ladi, havoni, bug‗ni yaxshi o‗tkazadi, lekin siyrak bo‗ladi. Ulardan tikilgan buyumlarning choklari puxta bo‗lmaydi. Bunday gazlamalar har tomonga osongina cho‗ziladi hamda bichish va tikish paytida qiyshayib ketadi. Download 3.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling