Umurova Dilobarning 7-8-sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi
Download 174.37 Kb.
|
7 8 sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA GEOMETRIYA O’QITISH USLUBIYATI MASALALARI
Kurs ishining obyekti: Geometriya kursining “Teoremalar” mavzusi
Kurs ishining predmeti: Geometriya kursining “Teoremalar” mavzusini o’qitishni tahlil qilish usullari Kurs ishining maqsadi: Geometriya kursining “Teoremalar” mavzusini o’qitish metodlarini o’rganish BOB. UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA GEOMETRIYA O’QITISH USLUBIYATI MASALALARIGeometriya fanini o’qitishning maqsadlariDavlat ta’lim standartida geometriya o’qitishga oid vazifalar belgilab berilgan, ya’ni: planimetriyaning metodlari va asosiy faktlarni uzlashtirish; o’rganilayotgan tushuncha va uslublari hayotda va tabiatda ruy berayotgan xodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o’rganish, bu xossalarni amaliyot masalalarini yechishga tadbiq etish ko’nikmalarini rivojlantirish. Shu bilan birga geometrik bilimlar o’quvchilarga amaliy mazmunli masalalarni yechishga; kandaydir real konstruksiyalarda geometrik figuralarni ko’rishga, texnik chizmalarda tushuna olishlariga yordam berish lozim. Shuningdek, geometriya o’qitishda o’quvchilar mantiqiy asoslash ko’nikmasini egallashlari, ayrim xususiy hollarni qarash orqali topilgan bog’lanishlarning umumiy xarakterga ega ekanligi va ular ma’lum ko’rinishdagi barcha shakllarga taalluqli bo’lishi mumkinligini o’rgatish talab etiladi. Matematika davlat ta’lim standartida qo’yilgan maqsadlardan biri- o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo’llarini topa olishlariga ko’maklashish ham ayniqsa geometriya o’qitishda amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Geometriya fan sifatida eng qadimga taalluqli yuza va hajmlarni hisoblash uchun amaliy qoidalardan qat’iy, mantiqiy sistemali fanga aylanguncha uzoq davrni bosib o’tdi. Uning sistematik kursi Yevklid tomonidan eramizgacha 3-asrda yaratildi. 2 ming yil davomida Yevklidning “Negizlar” asari mantiqiy jihatdan o’quv qo’llanmasi bo’lib keldi. Faqat 19-asr ikkinchi yarmidan geometriya asoslari chuqur tahlil qilinib, bu geometriya fani qat’iy mantiqiy tuzilishi qanoatlantirilishi lozim bo’lgan talablar aniqlandi. Bunda rus matematigi N.LLobachevskiyning xizmatlari katta bo’ldi. Hozirgi davrda geometriya fani qat’iy deduktiv hisoblanadi. Uning asosiga qandaydir aksiomalar sistemasi va ma’lum sondagi asosiy yoki dastlabki tushunchalar qo’yiladi. Bu tushunchalar mazmuni aksiomalarda ochib beriladi, kursning keyingi barcha bayoni sof mantiqiy yo’l bilan amalga oshiriladi: har bir kiritilayotgan tushunchaga ta’rif beriladi, har bir yangi mulohaza isbotlanadi, ya’ni mantiqiy ravishda aksiomalar, oldingi teoremalar va ta’riflardan mantiqiy keltirib chiqariladi. Geometriya o’qitish mazmuni o’quv dasturi va DTS talablaridan kelib chiqadi. Bunda asosiy quyidagi yo’nalishlami ko’rsatish mumkin: Asosiy tushunchalarning kiritilishi: nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik va to’plam. Asosiy geometrik shakllarning o’rganilishi: kesma, nur, burchak, uchburchak, turtburchak va ko’pburchaklar, fazoviy shakllar: ko’pyoqlar va aylanish jismlari, aylana va doira. Geometrik shakllarning xossalari: uchburchak, to’rtburchak turlari va ularning xossalari, ko’pburchaklar va muntazam ko’pburchaklar xossalari. Geometrik miqdorlarni o’rganish: uzunlik, yuza va hajm tushunchalari, uchburchakda metrik munosabatlar. Tekislikda va fazoda koordinatalar usuli, vektorlar. Geometrik masalalar yechish usullariga o’rgatish: hisoblashga, isbotlashga va yasashga doir masalalarni yechish usullarini tarkib toptirish. Geometrik almashtirishlar haqida ma’lumotlar berish va ularning qo’llanilishiga misollar berish: siljish, parallel ko’chirish, simmetriya kabi almashtirishlar haqida bilimlar berish. 5-6-sinflarda geometriya bo’yicha bilimlar berishning quyidagi maqsadlari mavjud: o’quvchilarni asosiy geometrik tushunchalar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish; o’quvchilarni sistematik geometriya kursini o’rganishga tayyorlash; ularda geometrik yasash malakalarini shakllantirish. Bu sinflarda quyidagi geometrik bilimlar beriladi: 1-4-sinflarda o’rganilgan geometrik shakllar va ularning xossalari haqidagi tasavvurlar chuqurlashtiriladi; yangi geometrik miqdorlar o’rganiladi (aylana uzunligi, burchak kattaligi); shakllar orasidagi farqlar ko’rsatiladi (kesma uzunligi va kesma, burchak va burchak kattaligi); geometrik yasashlar ko’payadi va unda qo’llaniladigan asboblar ham ko’payadi (chizgich, sirkul, trasportir). Geometriya elementlari asosan induktiv ravishda bayon etiladi. Bunda ko’pgina bilimlar ulchash va yasashlarni umumlashtirish, modellashtirish yordamida bayon etiladi. 5-6-sinflarda o’quvchilarning geometrik bilimlar saviyasi ma’lum darajada tekis bo’lishiga hamda sistemali bilimlarga boshlang’ich qadamlar qo’yishga erishiladi. Birinchi bosqichda, to’g’ri chiziq, tekislik, kesma, kesma uzunligi, perpendikulyar va parallel to’g’ri chiziqlar karaladi. Ayniqsa, bunda atamalar kiritilishiga e’tiborni qaratish lozim: to’g’ri chiziqning o’z-o’ziga parallelligi, bir to’g’ri chiziqda yotgan kesmalar parallel. Geometrik yasashlarni bajarishga o’rgatishda yasash asboblaridan chizgich, sirkul, uchburchakli chizgich va transportirlardan foydalanishga o’rgatish mumkin. Sirkulni qo’llash chegaralangan bo’lib, aylana va doirani tasvirlash uchun qo’llaniladi. Download 174.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling