Umurova Dilobarning 7-8-sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi
-8-sinflarda geometriya o’kitishning xususiyatlari
Download 174.37 Kb.
|
7 8 sinf Geometriya darslarida teormalarni o’rgatish metodikasi
7-8-sinflarda geometriya o’kitishning xususiyatlari7-9 -sinflar geometriya o’quv dasturida bu fanning hayot va amaliy faoliyat bilan mustahkam aloqasini o’rnatish uchun ulchash va yasashlarga doir tushunchalarni shakllantirish, xususan, konus, shar, sirt yuzalarini hisoblash, piramida va aylanish jismlari hajmlarini hisoblash kiritilgan. O’quvchilar fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish va fazoviy konstruksiyalarda tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish uchun 9-sinf geometriya kursi to’la shu masalalarini o’rganishga bag’ishlangan. Mazkur sinflarda planimetriya ko’proq va stereometriya ma’lum hajmda o’qitilishi ko’zda tutilgan. Bu kurs o’quvchilarga deduktiv isbotlashlar haqida, geometrik mulohazalar orasidagi bog’lanishlar haqida tushunchalar beradi. Avvalgidek, 8-sinf geometriya kursiga to’g’ri burchakli uchburchaklarda tomonlar bilan uchburchaklar orasidagi munosabatlar kiritilgan. Trigonometrik munosabatlar geometrik masalalar yechishning yangi usulini beradi va amaliy kullanishlarda katta axamiyatga ega. Matematika o’quv dasturi bo’yicha geometriyada quyidagi mavzular o’rganiladi: 7-sinf Planimetriya. Boshlang’ich geometrik ma’lumotlar - 20 soat Uchburchaklar - 24 soat Paralel to’g’ri chiziqlar - 8 soat Parallelogramm va uning turlari - 5 soat Fales teoremasi va uning natijalari - 4 soat Geometriya kursini aksiomatik qurish - 4 soat Takrorlash - 3 soat 8-sinf Yuzalar - 8 soat Pifagor teoremasi - 7 soat Uchburchakda metrik munosabatlar - 5 soat To’g’ri burchakli uchburchakda tomonlar bilan burchaklar orasidagi munosabatlar - 14 soat Aylana va kupburchaklar - 11 soat Aylana uzunligi va doira yuzi - 8 soat Vektorlar - 8 soat O’xshash shakllar - 5 soat Takrorlash - 2 soat 9-sinf Stereometriya aksiomalari va uning sodda natijalari - 6 soat To’g’ri chiziqlar va tekisliklarning paralelligi va perpendikulyarligi - 8 soat Ko’pyoqlar - 10 soat Aylanish jismlari - 6 soat Ko’pyoqlarning yon va to’la sirtlari - 7 soat Fazoviy jismlarning hajmlari - 11 soat Takrorlash - 4 soat Geometriya o’qitishning quyidagi xususiyatlari mavjud: Planimetriya o’qitishda qo’llanib kelingan ko’rgazmali geometriya usullaridan voz kechmaslik lozim. Avvalgidek, o’qituvchi ko’rgazmalilikni keng qo’llashi, o’quvchilarni o’rganilayetgan shakllar xossalarini kuzatishga, bu xossalarni o’zlashtirishga yordam beruvchi amaliy ishlarga o’quvchilarni jalb etishi talab etiladi. 2.Shu bilan birgalikda o’quvchilar mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirish bo’yicha ish olib borishlari zarur. Planimetriya tushunchalarini o’rganish bunga imkon beradi. So’ngra ularning orasidagi ichki bog’lanishlarni anglashga, bir xossalarning boshqalarga bog’liqligini bilib olishga imkon beradi. Har bir tushuncha va geometrik masalalar o’quvchilar mantiqiy fikrlashlarini o’stirish uchun xizmat qilmog’i kerak. Geometriyani o’rganish amaliy mazmunli va ishlab chiqarish mazmunli masalalar yechish bilan qo’shib olib borilishi maqsadga muvofik. Qabul qilish va o’zlashtirish ongliligini oshirish uchun ularni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun har bir o’quv faoliyatini faollashtirish zarur. Buning uchun barcha o’quvchilarni umumiy sinf ishiga, mustaqil ishlarni tashkil etishga jalb kilish talab etiladi. O’quvchilarning geometriyani o’qitish jarayonida fikrlashlarini rivojlantirishda quyidagi ikki usul keng imkoniyatlar yaratadi:a) izlanishga oid geometrik masalalar yechish; b)maqsadga yo’naltirilgan geometrik masala va mashqlar bajarish. Buni o’qituvchilar ish tajribasi va ilmiy- uslubiy tadqiqotlar natijalar yaqqol ko’rsatmoqda Download 174.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling