Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari


Download 25.39 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi25.39 Kb.
#1560273
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari doc

Jag‘sizlar bo‘limi
Jag'sizlar bo'limiga bitta jag‘sizlar (Agnatha) katta sinfi va bitta to'garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi kiradi. Jag'sizlar katta sinfi vakillari dengizlarda va qisman chuchuk suvlarda hayot kechiradigan tuban tuzilgan umurtqali hayvonlar. Skeletida suyak to'qimasi rivojlanmagan. xordasi hayoti davomida saqlanib qoladi. Juft suzgichlari va haqiqiy jag'lari bo'lmaydi. Miya qutisi va yuz skeleti tog'aydan tuzilgan. Og'zi so‘ruvchi tipda va to'garak shaklida bo'ladi. Xaltasimon jabralari endodermadan kelib chiqqanHalqumming devorida 7 juftdan 16 juftgacha ¡abra yoriqlari bor. jabra skeleti teri ostida joylashgan.Ichki qulog'ida faqat ikkita. ayrim turlarida bitta chala doira nay|ar bo'ladi. Burun teshigi toq - bitta bo'ladi.jag'sizlar eng qadimgi umurtqalilardir. Qadimgi geologik davrlarda. ayniqsa silur davrida ular juda xilma xil va ko'p sonli bo’lgan. Qadimda jag'sizlar dengizlarda yashagan. Hozirgi yashab turgan turlari esa dengizlarda ham, chuchuk suvlarda ham tarqalgan. Jag’sizlar katta sinfi ikkita sinfga bo'linadi: I. Qalqondorlar (Ostracodermii) sinfi. 2. To'garak og'izlilar (Cyclostomata) sinfi. Qalqondorlar sinfi vakillari devon davrining ikkinchi yarmida qirilib ketgan. Hozirgi davrgacha to'garak og'izlilar sinfi vakillari saqlanib qolgan.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


Download 25.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling