Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari


Tuzilishining asosiy belgilari: o‘q skeleti, bosh skeleti, qo‘l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish tizimi, nafas olish tizimi va sezgi a’zolari


Download 25.39 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi25.39 Kb.
#1560273
1   2   3   4   5
Bog'liq
Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari doc

Tuzilishining asosiy belgilari: o‘q skeleti, bosh skeleti, qo‘l-oyoq skeletlari, ovqat hazm qilish tizimi, nafas olish tizimi va sezgi a’zolari.
Ichki skeleti bosh skeleti, oʻq skeleti (xorda yoki umurtqa pogʻonasi) va boshqa boʻlimlardan iborat.
Oʻq skeleti tuban umurtqali hayvonlarda (toʻgarak ogʻizlilar va ayrim tur baliqlarda) hamda boshqa umurtqali hayvonlarning embrionlarida, asosan, xordadan iborat boʻladi.
Xordani biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan qin oʻrab turadi, bu qin markaziy nerv sistemasini ham qoʻshib oʻrab oladi va skeletogen qatlam, ya'ni togʻay yoki suyak umurtqa pogʻonasini paydo qiladigan qatlam hisoblanadi. Shuni ta'kidlash lozimki, suyak yoki togʻay skelet hosil qilishda xordaning oʻzi ishtirok etmaydi.
Umurtqali hayvonlarning umurtqa pogʻonasi bir-biri bilan harakatchan tarzda qoʻshilgan bir qancha umurtqalardan iborat boʻladi. Jagʻsizlarning (toʻgarak ogʻizlilar sinfi vakillarining) umurtqalari murtak holida boʻladi, shunga koʻra umurtqa pogʻonasi boʻlimlarga boʻlinmaydi. Baliqlarning umurtqa pogʻonasi 2 ta boʻlimga – qovurgʻalar oʻrnashgan tana boʻlimiga va qovurgʻasiz dum boʻlimiga boʻlinadi.
Quruqlikda yashovchi umurtqalilaming tipik umurtqa pogʻonasi 5 boʻlimdan, ya'ni boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza va dum boʻlimlaridan iborat. Koʻkrak boʻlimining qovurgʻalari toʻsh bilan qoʻshilib, koʻkrak qafasini hosil qiladi. Umuman, taraqqiy etgan umurtqa pogʻonasi bir tomondan, butun gavdaga tayanch boʻlsa, ikkinchidan orqa miya va ichki organlar uchun saqlovchi gʻilof boʻlib xizmat qiladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda oʻq skeleti oyoq kamarlari bilan qoʻshilib, juft oyoqlarga ham tayanch boʻladi.

Bosh skeleti bosh miya va sezgi organlari (hid bilish, koʻrish, eshitish, muvozanat saqlash), hazm qilish sistemasining oldingi qismi va u bilan bogʻlangan jabralarni mustahkamlab turish funksiyasini bajaradi. Bosh skeleti ikki qismdan - miya qutisi (bosh miya va sezgi organlarini himoya qilib turuvchi) va vistseral (hazm qilish va jabralar bilan bogʻlangan) qismlardan iborat

Download 25.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling