Umurtqalilar zoologiyasi fanidan mustaqil ish


Suvda ham quruqlikda yashovchilar quruqlikka chiqish sabablari


Download 77.76 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi77.76 Kb.
#1511747
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zoologiya mustaqil ish

Suvda ham quruqlikda yashovchilar quruqlikka chiqish sabablari
Suvda va quruqliqda yashovchilar (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan Suvda va quruqlikda yashovchilarning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydoboʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan.
Suvda ham quruqlikda yashovchilarning metamorfozga uchrashi.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning tanasi kalta va keng bo’lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan qo’shilib ketadi, chunki baqaning bo’yi ko’rinib turmaydi. Dumi yo’q, boshining ikki tomnida bo’rtib chiqqan ko’zlari joylashgan, bu ko’zlarda pastki va ustki qavoqlar mavjud. Hamda uchinchi qovoq yumgich parda bor. Og`iz katta, uning ustida bekitgich klapanli burun teshigi bor. Oldingi oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ketingi oyoqlariga nisbatan kalta, (faqat shular uchun xos) orqa oyoqlari juda uzun, pardali beshta barmoi bor. Tanasining oxirida chiqaruv teshigi kloaka bor. Gavdasi teri bilan qoplangan, terida maxsus shilimshiq ajratib chiqaruvchi bezlar bor. Amfibiyalar eng sodda tuzilgan quruqlikda yashovchi umurtqalilar. Tuxumlari tashqi muhitda (suvda) urug`lanadi. Lichinkasi suvda rivojlanadi, metamorfoz orqali voyaga yetadi. Ana shu davrda lichinkaning jabrasi o`pka bilan almashinadi, ikki juft quruqlikda harakatlanish organi besh barmoqli oyoqlari paydo bo`ladi, qon aylanish va sezgi organlari sistemasida katta o`zgarishlar sodir bo`ladi. Shuning bilan birga amfibiyalarning quruqlikda yashashga moslanish belgilari uncha yaxshi rivojlanmagan. O`pkasi kuchsiz rivojlanganligi tufayli terisi ham nafas olishda ishtirok yetadi. Uch kamerali yuragi qonni arteriya va vena qoniga ajratishga imkon bermaganligi tufayli ko`pchilik tomirlarida aralash qon oqadi. Harakat organlari kuchsiz rivojlanganligidan tanasini yerdan dast ko`tarib turolmaydi.Suvda ham quruqlikda yashovchilarning tuzilishi baqa misolida ko`riladi. Baqaning terisi yalang`och bo`lib, unda shox suyak tangachalari bo`lmaydi. Epidermisida ko`p hujayrali shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bezlar ko`p bo`ladi. Shilimshiq modda terini qurib qolishidan saqlaydi. Terisi muhim nafas olish organi hamdir. Baqaning terisi boshidan oyog`igacha gavdaga yopishmagan bo`ladi, shu joylarda limfa bilan to`ldirilgan bo`shliqlar bo`ladi.

Download 77.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling