Umurtqalilar zoologiyasi fanidan mustaqil ish


Hayvonlarni muhofaza qilish chora tadbirlari


Download 77.76 Kb.
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi77.76 Kb.
#1511747
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zoologiya mustaqil ish

2.Hayvonlarni muhofaza qilish chora tadbirlari 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi 
qonun hujjatlarining vazifasi hayvonot dunyosining yashash sharoitlarini 
ta'minlash, ularning xilmaxil turlarini hamda tabiiy galalari butligini va
yashash muhitini saqlash maqsadida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, uni tiklash va takror yetishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Mazkur "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to`g`risida"gi qonunning 3-moddasida "Hayvonot dunyosiga nisbatan mulkdorlik" 
masalasi ko`rsatilgan. Jumladan unga asosan: 
Hayvonot dunyosi davlat mulki - umummilliy boylik bo`lib, undan oqilona 
foydalanilishi lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
Ta'kidlash o`rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosini muhofaza 
qilishga, undan oqilona estetik maqsadda foydalanishga e'tibor berilmaydi. 
Shuning uchun ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishning quyidagi tadbirlarini 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu holat qonunning 30-moddasida
quyidagicha ko`rsatilgan. 
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish: 
hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish 
va ularni takror yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash; hayvonot dunyosidan foydalanishdacheklashlar va taqiqlar belgilash; hayvonot dunyosidan o`zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish
hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko`chib 
yurish yo`llari muhofaza qilinishini tashkil etish; xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo`lishining oldini olish; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish; kamyob va yo`qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish
hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar 
oqibatida nobud bo`lishi xavfi tug`ilganda ularga yordam berish
hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy-
tadqiqotlarni tashkil etish; 
hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo`yicha boshqa tadbirlarni o`tkazish 
yo`li bilan amalga oshiriladi.

Download 77.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling