Umurtqalilar zoologiyasi fanidan mustaqil ish


Mavzu: NOYOB VA YO’QOLIB BORAYOTGAN HAYVONLARNI ASRASHGA QARATILGAN DASTUR VA LOYIHALAR


Download 77.76 Kb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi77.76 Kb.
#1511747
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zoologiya mustaqil ish

Mavzu: NOYOB VA YO’QOLIB BORAYOTGAN HAYVONLARNI ASRASHGA QARATILGAN DASTUR VA LOYIHALAR.
Reja:

  1. Noyob va yo’qolib borayotgan hayvon turlari.

  2. Hayvonot dunyosini qonun doirasidagi muhofazasi

  3. Hayvonlarni muhofaza qilish chora tadbirlari.



  1. Noyob va yo’qolib borayotgan hayvon turlari

Hayvonot dunyosi - tabiat boyliklarining bir qismi bo`lib, jamiyatda, inson 
hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy 
resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom ashyo 
hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma'lum. Shunday ekan uni 
huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda mamlakatimiz 
qonunlari, O`zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga sohibkorona va,insoniymunosabatda bo`lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza qilishhamda samarali va oqilona foydalanishga yordam bermog`i lozim. 
Chunki, hayvonlarning O`zbekiston faunasiga xos bo`lgan talaygina turlari 
yo`qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo`lbarsi, ola-bula sirtlon 
va boshqalari) esa butunlay yo`qolib ketdi. Shu boisdan ham noyob va yo`qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy ekologik asosda muhofaza qilish katta 
ahamiyatga ega. 
Hayvonot dunyosi yer yuzining hamma joyida mavjud. Quruqlikda 
yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini, suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida yashovchi hayvonlar turi xatto o`simliklar turiga qaraganda 4baravar ko`p bo`lib, taxminan 2 milliondan 
ortiqroqdir. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, butun jonivorlarning 75 foizi 
hasharotlarga to`g`ri keladi. Hasharotlardan keyin malyuskalar turadi (8,8 %), 
ulardan keyin jamiki umurtqalilar turadi (qushlar, baliqlar, quruqda-suvda 
yashovchilar, sut emizuvchilar). Umurtqalilar 35600 tur bo`lib, bularning yarmi baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 qismini tashkil qiladi. 
Ma'lumotlarga ko`ra, keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko`plab 
turlari yo`qotilib yuborildi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yo`q qilingan bo`lsa, undan keyingi 100 yilda 73 tursut emizuvchi, 120 tur qushlar batamom yo`qolgan. Keyingi 50 yilda esa hayvonot dunyosining undan ham qo`proq vakillari o`q qilib yuborilgan. 
O`rta Osiyo regioni o`z hayvonot va o`simlik olamining xilma-xilligi va 
boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O`zbekistonda 650 dan ortiq umurtqali 
hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilar - 99 tur, qushlar 410 tur, sudralib 
yuruvchilar - 57 tur, suvda va quruqlikda yashovchilarning - 3 turi uchraydi. 
Ammo, shunisi achinarliki, O`zbekiston "Qizil kitobi"ga umurtqali 
hayvonlarning nodir va yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan jami 63 turi va kenja 
turi kiritilgan bo`lib, ular orasida 22 tur sutemizuvchi hayvon, 31 tur qush, 5 tur sudralib yuruvchi hayvon va 5 tur baliq bor. 
O`zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgandan so`ng, iqtisodiy, 
ekologik, geografik va milliy xususiyatlarni hisobga olib bir qator yangi qonunlar 
qabul qilindi. 
Shuni alohida ta'kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish 
xususiyati shundan iboratki, ular asosan tabiatning barcha obyektlari, boyliklari faoliyatining ma'lum mutanosiblikda saqlanishi bilan bog`liq.
Oliy Majlisning e'tiborli faoliyatida qabul qilingan, "Tabiatni muhofaza 
qilish" (1992 y.), "Suv va suvdan foydalanish" (1993 y.), "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar" (1993 y.), "Yer osti boyliklari to`g`risida"gi (1994 y.), 
"Atmosfera havosini muhofaza qilish" (1996 ), "O`simlik dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish" (1997 y.), "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish" (1997 y.), "Yer Kodeksi" (1998 y.), "O`rmon to`g`risida"gi (1999 y.) bir qator O`zbekiston Respublikasining qonunlari respublika mizda ekologik holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda. 
Jumladan respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan oqilona foydalanish maqsadida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan "Hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi qonuni katta ahamiyatga ega. 
Ushbu qonun quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik 
holatida yashaydigan, O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtinchaturadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilishmaqsadlarida yarim erkin sharoitida yoki sun'iy yaratilgan yashash muhitida 
boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
Qoraqalpog`iston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasi qonun 
hujjatlari bilan ham tartibga solishdir.
Agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risidagi qonun 
hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma 
qoidalari qo`llaniladi.
3. Hayvonot dunyosini qonun doirasidagi muhofazasi
Hayvonot dunyosidan foydalanuvchi subyektlar yuridik va jismoniy 
shaxslar, fuqarolar hamda jamoa birlashmalari hayvonot dunyosini hamda
uning yashash muhitini muhofaza qilish sohasida ham e'tiborli huquq va majburiy
atlarni amalga oshirishlari zarur. Jumladan fuqarolar va jamoat birlashmalari: 
hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini 
amalga oshiradilar hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari ruyobga chiqarilishiga ko`maklashadilar; ekologiya sohasida jamoatchilik
ekspertizasini o`tkazadilar; jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar; 
hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi axborotni qonun xujjatlarida 
belgilangan tartibda oladilar hayvonot dunyosiga va uning yashash muhitiga yetkazilgan zararni qoplash masalasini qo`yadilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarni amalga 
oshiradilar. 
Shu bilan birga hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
sohasida davlat boshqaruvini olib borilishi ham katta ahamiyatga ega,.
Ayrim turdagi hayvonlar miqdorini tartibga solish tadbirlari hayvonlarning 
boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan va ularning yashash muhit saqlanib qolishini ta'minlaydigan usullar bilan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini hisobga olib hamda yer, suv va o`rmon zahiralarini muhofaza qilishni amalga oshiradigan tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi lozim. 
Miqdori tartibga solinishi lozim bo`lgan hayvon turlari va ularning 
miqdorini tartibga solish tadbirlarini o`tkazish qonun hujjatlarida belgilanadi. 
Ushbu masalaga, "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan 
foydalanish to`g`risida"gi qonunning 17moddasiga quyidagicha e'tibor berilgan Unga ko`ra hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: 
ov qilish; baliq ovlash; hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma'rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish
hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish; 
hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish. 
Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham 
nazarda tutilishi mumkin. 
Hayvonot dunyosidan foydalanish hayvonot dunyosi obyektlarini ularning 
yashash muhitidan ajratib olmasdan amalga oshirilishi mumkin. 
Hayvonot olamidan foydalanish huquqi mustaqil tartiblar majmui 
hisoblanib, u ekologik huquqning bir qismidir. 
Demak, hayvonot dunyosini huquqiy ekologik muhofaza qilish va undan 
foydalanish deganda qonunda belgilangan va keng o`rin olgan uning ekologik 
ahamiyatini saqlashga, jamiyatning iqtisodiy, ilmiy, madaniy, estetik, tabiiy, 
tarbiyaviy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirilgan davlat va ijtimoiy 
huquqiy ekologik tadbirlarning uyg`unligi tushuniladi. 

Download 77.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling