УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Harbiy xizmatchilarning lavozimi va maxsus majburiyatlari


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Harbiy xizmatchilarning lavozimi va maxsus majburiyatlari 
Har bir harbiy xizmatchi egallagan lavozimiga binoan unga topshirilgan 
vakolatlar va vazifalar hajmini va amalda bajarish chegarasini belgilovchi lavozim 
majburiyatlariga ega bo‘ladi. Lavozim majburiyatlaridan faqat xizmat manfaatlari 
yo‘lida foydalaniladi. 


33
Bu majburiyatlar harbiy nizomlar, shuningdek, ichki xizmat nizomining 
talablariga muvofiq keluvchi tegishli dasturnomallar, qo‘llanmalar, qoidalar, yo‘l-
yo‘riqnomalar yoxud bevosita boshliqlarning yozma buyruqlari bilan belgilanadi. 
Harbiy xizmatchilar jangovar navbatchilikda (jangovar xizmatda), sutka va 
garnizon naryadida turganda, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishga jalb 
etilganda va boshqa favqulodda holatlarda maxsus majburiyatlarni bajaradilar. Bu 
majburiyatlar va ularni bajarish tartibi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy Nizomlari va ular asosida ishlab 
chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi va odatda muvaqqat tabiatga 
ega boladi. 
Harbiy xizmatchilar maxsus majburiyatlarni ijro egish uchun qonunchilik 
hujjatlari va O‘zbskiston Rsspublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari 
bilan belgilangan qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ladilar.
10
 
Harbiy xizmatchilarning ma’sulyati (javobgarligi). 
Barcha harbiy xizmatchilar, ularning harbiy unvoni va mansabidan qat’i 
nazar, qonun oldida tengdirlar va o‘zlarining huquqiy maqomlari xususiyatlarini 
hisobga olgan holda O‘zbskiston Resublikasi fuqarolari uchun belgilangan 
javobgarlikni zimmalariga oladilar. 
Harbiy xizmatchilar harbiy intizom, axloq va askariy or-nomus me’yorlarini 
buzish bilan bog‘liq nojo‘ya qilmishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli 
Kuchlarining intizom Nizomida belgalangan asosda va tartibda intizomiy 
javobgarlikka tortiladilar. 
Harbiy xizmatchilar Intizom nizomiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik uchun 
ma’muriy javobgarlikka tortiladilar. Yo‘l harakatlari qoidalarini, ov qilish, baliq 
ovlash va baliq zaxi-ralarini muhofaza qilish qoidalarini, bojxona qoidalarini 
buzganliklari uchun bunday shaxslar umumiy asosda javobgarlikka tortiladilar. 
Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish, muddatli 
xizmatdagi harbiy xizmatchilarga esa jarima solish choralari qo‘llanishi mumkin 
10. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 16 bet


34
emas. 
Harbiy xizmatchi fuqarolik qonunlarida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni ijro 
etmaslik yoxud ko‘ngildagidek ijro etmaslik uchun, qonunda ko‘zda tutilganidan 
boshqa hollarda ham davlatga, fuqarolarga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik 
huquqiy javobgarligiga tortiladi. 
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro egish chog‘ida 
davlatga yetkazilgan moddiy zarar uchun harbiy xizmatchilarning moddiy 
javobgarligi to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq moddiy javobgarlikka tortiladilar. 
Harbiy xizmatchilar sodir etilgan jinoyat uchun O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat Kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Harbiy xizmatchilar sodir etilgan huquqbuzarlik uchun, odatda, javobgarlik-
ning bitta turiga tortiladilar. 
Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun intizomiy ta’zirga tortilgan harbiy 
xizmatchilar bu huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi. 
Moddiy zarar yetkazish bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda, 
harbiy xizmatchilar huquqiy javobgarlikning boshqa turiga tortilishidan yoxud 
jamoat ta’siri choralari qo‘llanishidan qat’i nazar, zararni to‘laydilar. 
Jamoat ta’siri choralari harbiy xizmatchilarga ularning harbiy intizom va 
jamoat tartibini buzishi bilan bog‘liq nojo‘ya harakatlari uchun qo‘llanishi 
mumkin. 
Javobgarlikka tortilayotganda harbiy xizmatchilarning or-nomusi va qadr-
qimmatini poymol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling