УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Harbiy xizmatchilariing harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishi
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy xizmatchilariing harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishi
deyilganda: - jangovar harakatlarda ishtirok etish, xizmat majburiyatlarini ijro etish, jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) o‘tash; - kun tartibi bilan belgilangan xizmat vaqti davomida yoxud bu xizmat zaruratidan kelib chiqqan bo‘lsa, harbiy qism hududida bo‘lish; - xizmat safarida yoxud davolanishda bo‘lish, xizmat joyiga, davolanishga boorish, harbiy yig‘inlarda ishtirok etish; - asirga tushish (o‘z ixtiyori bilan asir tushishdan tashqari), garovga olingan yoxud haydab ketilgan ahvolida bo‘lish, bedarak ketish – harbiy xizmatchi daraksiz yo‘qolgan deb tan olinganiga yoxud amaldagi qonunlarga muvofiq vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar; - shaxs hayoti, sog‘ligi, or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilish, huquqni muhofaza qilish organlariga yordam ko‘rsatish va qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’mnlash, harbiy xizmatchilarning sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida sodir etilgan deb tan olingan boshqa xatti-harakatlari tushuniladi. O‘zini ko‘ngilli ravishda giyohvanddan yoxud sarxush etuvchi ashyolardan mast holatiga keltirgan, jinoyatchilikka oid qonunlarda ko‘zda tutilgan jamiyat uchun xavfli jinoyatlarni sodir etgan, o‘z-o‘zini o‘ldirgan yoxud o‘z-o‘zini o’ldirishga urinib ko‘rgan – agar ko‘rsatilgan xatti-harakatlar kasallik holati yoxud o‘ldirishga majburlash tufayli sodir etilgan bo‘lmasa, qism qarorgohidan tashqarida dam olishda va javob berishda yoxud ta’tilda yurganda, shuningdek, o‘zboshimcha qism qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism hududidan tashqarida belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurgan, asirda, garovga olingan yoxud haydab ketilgan holatida bo‘lgan hollarda, sud tomonidan jamiyat 27 va davlat manfaatlari yo‘lida sodir etilgan xatti-harakatlarni istisno qilganda va harbiy xizmatchi harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etayotgan deb tan olinmaydi. Zarur bo‘lib qolgan paytlarda harbiy xizmatchi komandirning (boshliqning) buyrug‘iga ko‘ra istalgan vaqtda harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etishga kirishishi mumkin. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish paytida davlat hokimiyatining vakillari va davlat muhofazasida turgan deb sanaladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling