УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


111
IX-bob.
INTIZOMIY JAZO CHORALARI TURLARI VA ULARNI QO‘LLASH 
TARTIBI. RAG‘BATLANTIRISH VA INTIZOMIY JAZO CHORALARI 
XISOBI. 
 
INTIZOMIY TA’ZIRLAR. 
Harbiy intizomni buzgani va ma’muriy qonunbuzarlik uchun harbiy xizmatchi 
shaxsan javobgardir.
33
Harbiy xizmatchi tomonidan harbiy intizom buzilganda yoki ma’muriy 
qonunbuzarlik sodir etilganda komandir (boshliq) uning mas’ulligi va harbiy 
burchi to‘g‘risida ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin, zarurat taqozo etganda 
esa intizomiy ta’zir berishi mumkin. Bunda u berilgan ta’zir intizomni 
mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni tarbiyalash chorasi sifatida sodir etilgai 
nojo‘ya xatti-harakati og‘irligi va qilingan aybi darajasi komandir (boshliq) 
tomonidan o‘tkazilgan tekishruv natijasiga ko‘ra mos kelishini inobatga olishi 
kerak. 
Harbiy xizmatchilarning harbiy intizomni buzishi, jamoatchilik muhokamasi 
va ma’muriy qonunbuzarlik xatti-harakatlariga yo‘l qo‘yganligi komandir 
(boshliq)ning qarori bilan quydagi tarzda ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi: 
- askar va matroslar — shaxsiy tarkib yig‘ilishida; 
- serjantlar — serjantlar yig‘ilishida; 
- harbiy xizmatchi ayollar — xatti-harakati muhokama qilinayotgan harbiy 
xizmatchi ayollar harbiy unvoni (lavozimi)dan past bo‘lmagan harbiy unvon 
(lavozim)dagi harbiy xizmatchi ayollar yig‘ilishlarida; 
- ofitserlar — ofitserlar yig‘ilishlarida. 
Bundan 
tashqari 
ofitserlar 
michmanlarning 
xatti-harakati 
ofitserlar, 
michmanlarning o‘rtoqlik nomus sudlarida ko‘rilishi mumkin. 
Ofitserlar, michmanlarning xatti-harakatlarini o‘rtoqlik nomus sudlarida 
ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror sud tashkil qilingan harbiy qism komandirlari 
33. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.T-1996y 23 bet


112
tomonidan, shuningdek, ularning katta boshliqlari tomonidan qabul qilinadi. 
Ofitser, serjantlar, michmanlarning nojo‘ya xatti-harakatini o‘rtoqlik nomus 
sudlarida ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ularga bir vaqtning o‘zida 
shu xatti-harakati uchun intizomi ta’zir berish ta’qiqlanadi. 
Orqaga surib bo‘lmaydigan holatlarda zobitni o‘z lavozimidan bo‘shatish 
mumkin. 
Ofitserlarni o‘z lavozimidan bo‘shatish, ularni shu lavozimga tayinlash huquqi 
berilgan komandirlar (boshliqlar) tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘z qo‘l ostidagini lavozimidan chetlatgan komandir (boshliq) bu haqda 
zudlik bilan komandaga lavozimdan chetlatishga sabab bo‘lgan holatlar haqida 
batafsil bayon etib hisob berishi lozim. 
Qo‘l ostidagini o‘z lavozimidan yetarli asossiz chetlatgan komandir (boshliq) 
bu uchun javobgarlikka tortiladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling