УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- INTIZOMIY TA’ZIRLAR.
111 IX-bob. INTIZOMIY JAZO CHORALARI TURLARI VA ULARNI QO‘LLASH TARTIBI. RAG‘BATLANTIRISH VA INTIZOMIY JAZO CHORALARI XISOBI. INTIZOMIY TA’ZIRLAR. Harbiy intizomni buzgani va ma’muriy qonunbuzarlik uchun harbiy xizmatchi shaxsan javobgardir. 33 Harbiy xizmatchi tomonidan harbiy intizom buzilganda yoki ma’muriy qonunbuzarlik sodir etilganda komandir (boshliq) uning mas’ulligi va harbiy burchi to‘g‘risida ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin, zarurat taqozo etganda esa intizomiy ta’zir berishi mumkin. Bunda u berilgan ta’zir intizomni mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni tarbiyalash chorasi sifatida sodir etilgai nojo‘ya xatti-harakati og‘irligi va qilingan aybi darajasi komandir (boshliq) tomonidan o‘tkazilgan tekishruv natijasiga ko‘ra mos kelishini inobatga olishi kerak. Harbiy xizmatchilarning harbiy intizomni buzishi, jamoatchilik muhokamasi va ma’muriy qonunbuzarlik xatti-harakatlariga yo‘l qo‘yganligi komandir (boshliq)ning qarori bilan quydagi tarzda ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi: - askar va matroslar — shaxsiy tarkib yig‘ilishida; - serjantlar — serjantlar yig‘ilishida; - harbiy xizmatchi ayollar — xatti-harakati muhokama qilinayotgan harbiy xizmatchi ayollar harbiy unvoni (lavozimi)dan past bo‘lmagan harbiy unvon (lavozim)dagi harbiy xizmatchi ayollar yig‘ilishlarida; - ofitserlar — ofitserlar yig‘ilishlarida. Bundan tashqari ofitserlar michmanlarning xatti-harakati ofitserlar, michmanlarning o‘rtoqlik nomus sudlarida ko‘rilishi mumkin. Ofitserlar, michmanlarning xatti-harakatlarini o‘rtoqlik nomus sudlarida ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qaror sud tashkil qilingan harbiy qism komandirlari 33. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.T-1996y 23 bet 112 tomonidan, shuningdek, ularning katta boshliqlari tomonidan qabul qilinadi. Ofitser, serjantlar, michmanlarning nojo‘ya xatti-harakatini o‘rtoqlik nomus sudlarida ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilish va ularga bir vaqtning o‘zida shu xatti-harakati uchun intizomi ta’zir berish ta’qiqlanadi. Orqaga surib bo‘lmaydigan holatlarda zobitni o‘z lavozimidan bo‘shatish mumkin. Ofitserlarni o‘z lavozimidan bo‘shatish, ularni shu lavozimga tayinlash huquqi berilgan komandirlar (boshliqlar) tomonidan amalga oshiriladi. O‘z qo‘l ostidagini lavozimidan chetlatgan komandir (boshliq) bu haqda zudlik bilan komandaga lavozimdan chetlatishga sabab bo‘lgan holatlar haqida batafsil bayon etib hisob berishi lozim. Qo‘l ostidagini o‘z lavozimidan yetarli asossiz chetlatgan komandir (boshliq) bu uchun javobgarlikka tortiladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling