УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100
Rag‘batlantirish — harbiy qism Hurmat Kitobiga kiritish — quyidagi 
hollarda amalga oshiriladi: 
- muddatli xizmatdagi askar, matros va serjantga xizmatni o‘tashdagi yuqori 
intizom va onglilik namunasi va jangovar tayyorgarlikdagi a’lo natijalari uchun 
zaxiraga bo‘shatishdan oldin (harbiy o‘quv yurtlari kursant va tinglovchilari — 
o‘quv yakunida); 
- shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchi Qurolli 
Kuchlar safidagi namunali xizmati uchun, shuningdek, xizmat burchini 
bajarishdagi alohida o‘rnak ko‘rsatgan barcha harbiy xizmatchilar — xizmatning 
butun muddati ichida. 
Harbiy qism (kema) Hurmat Kitobiga nomi yozilishi to‘g‘risida e’lon 
qilinganda harbiy xizmatchiga harbiy qism (kema) komandirining imzosi bilan 
maqtov yorlig‘i topshiriladi, muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchining 
familiyasi, ismi, otasining ismi harbiy qism (kema) hurmat kitobiga kiritilishi 
to‘g‘risida uning yurtiga yoki xizmatdan oldingi ish (o‘quv) joyiga xabar qilinadi. 


110
Rag‘batlantirish — muddatli xizmatdagi askar, matros va serjantga (harbiy 
o‘quv yurti kursantlari bundan istisno) qisqa muddatli ta’til berish — yo‘lga ketgan 
vaqt hisobga olinmasdan 10 sutkagacha ta’til jangovar tayyorgarlikdagi a’lo 
natijalari, xizmatdagi tirishqoqligi va o‘rnak bo‘lganligi uchun beriladi. 
Nomi yozilgan sovuq va o‘qotar qurol bilan taqdirlash O‘zbekiston 
Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat oldidagi alohida xizmatlari va jangovar 
jasorati uchun alohida o‘rnak ko‘rsatgan ofitserlar uchun faxrli mukofot 
hisoblanadi. Nomi yozilgan qurol qilich, kortik, pistolet yoki ov miltig‘i bo‘lishi 
mumkin. Qurolda tegishli yozuvdan tashqari mukofotlanganning familiyasi, ismi, 
otasi ismining bosh harflari va harbiy unvoni ko‘rsatiladi. Yozuv qurolning o‘ziga 
yoki qurolga biriktirilgan metall plastinaga, qin yoxud qopchiqqa bajarilishi 
mumkin. 
Rag‘batlantirish saf oldida, harbiy xizmatchilarning yig‘ilishida (kengashida) 
buyruq bilan yoki shaxsan e’lon qilinadi. 
Rag‘batlintirishlar to‘g‘risidagi buyruqlarni e’lon qilish, shuningdek, o‘rnak 
ko‘rsatganlarni mukofotlash odatda tantanali vaziyatda amalga oshiriladi. 
Harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq bilan bir vaqtda 
qoidaga ko‘ra, Faxriy yorliqlar, qimmatbaho sovg‘alar yoki pul, harbiy qism 
Jangovar Bayrog‘i oldida olingan harbiy xizmatchining shaxsiy surati, a’lochining 
ko‘krak nishonlari topshiriladi, shuningdek, xizmat burchini namunali 
o‘tkazayotgani to‘g‘risida harbiy xizmatchining yurtiga yoki oldingi ish (o‘quv) 
joyiga yuboriladigan xatning matni o‘qib eshittiriladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling