УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


RAG‘BATLANTIRISHNI QO‘LLASH TARTIBI


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
RAG‘BATLANTIRISHNI QO‘LLASH TARTIBI. 
 
Komandirlar (boshliqlar) rag‘batlantirishni alohida harbiy xizmatchiga 
nisbatan hamda bo‘linmaning shaxsiy tarkibi, harbiy qismga nisbatan ham 
qo‘llashlari mumkin.
32
Bitta namunali ish uchun faqat bir marta rag‘batlantiriladi. Rag‘bat shakli 
taylanganda harbiy xizmatchining namunali jihatlari yoki xizmatchining o‘rni, 
shuningdek, xizmatga bo‘lgan munosabati e’tiborga olinadi. 
Oldin intizomiy ta’zir olgan harbiy xizmatchi uning bekor qilinishi bilan 
taqdirlanadi. Intizomiy ta’zirning bekor qilinishi huquqi uni joriy etgan 
komandirda (boshliqda), shuningdek, undan kam intizomiy hokimiyatga ega 
bo‘lmagan bevosita boshliqda bo‘ladi. 
Bir vaqtning o‘zida harbiy xizmatchidan bitta intizomiy ta’zir bekor qilinishi 
mumkin. 
32. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.T-1996y 18 bet


108
Komandir (boshliq) intizomiy ta’zirni, qachonki u tarbiyaviy rol o‘ynagach va 
harbiy xizmatini harbiy burchni bajarishda namunali xulqi bilan o‘zini ko‘rsatgach 
bekor qilish huquqiga ega. 
Intizomiy ta’zirning bekor qilinishi – harbiy unvon (lavozim)dan pasaytirish 
chaqiriq bo‘yicha xizmat o‘tayotgan, harbiy unvon (lavozim)dan pasaytirilganiga 
kamida uch oy bo‘lgan harbiy xizmatchilarga nisbatan joriy etiladi. 
Intizomiy ta’zirning bekor qilinishi – harbiy lavozimda pasaytirish – 
shartnoma asosida xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilarda va ofitserlarda 
quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 
- askar, matros va serjantlarda — olti oydan keyin; 
- ofitserlarda — lavozimidan pasaytirilgandan kamida bir yil keyin. 
Chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan, harbiy unvoni pasaytirilgan 
serjantlar egallab turish lavozimidan qat’iy nazar oldingi harbiy unvoniga 
intizomiy chorani bekor qilish bilan bir vaqtda tiklanadilar. 
Rag‘batlatirish – minnatdorchilik bildirish – alohida harbiy xizmatchiga 
nisbatan, shuningdek, bo‘linmaning, harbiy qismning barcha shaxsiy tarkibiga 
nisbatan ham qo‘llaniladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling