УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


RAG‘BATLANTIRISH TURLARI VA ULARNI QO‘LLASH TARTIBI


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100
 
RAG‘BATLANTIRISH TURLARI VA ULARNI QO‘LLASH TARTIBI. 
HARBIY XIZMATCHILARNI RAG‘BATLANTIRISH. 
Rag‘batlantirish harbiy xizmatchilarni tarbiyalashning va harbiy intizomni 
mustahkamlashning muhim vositasidir.
31
Har bir komandir (boshliq) ushbu Nizomda berilgan huquqlar doirasida o‘z 
qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni ko‘rsatgan jasorati, foydali tashabbusi
tirishqoqlik va a’lo xizmati uchun rag‘batlantirishi lozim. 
31. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomi.T-1996y 12 bet


104
Agar komandir (boshliq) o‘rnak ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarni 
rag‘batlantirish bo‘yicha o‘z huquqlarini yetarli deb hisoblamasa, u rag‘batlantirish 
bo‘yicha o‘zidan katta komandir (boshliq)ga murojaat qilishi mumkin. 
Harbiy burchini bajarishdagi jasorati va mardligi, qo‘shinlarga namunali 
rahbarligi va boshqa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlati oldidagi 
beqiyos xizmatlari uchun, jangovar tayyorgarlikdagi yuqori natijalari, yangi qurol-
aslaha va harbiy texnikalarning namunalarini a’lo darajada o‘zlashtirganligi uchun 
boshliqlar brigada komandiri tomonidan, unga tenglar va undan yuqori 
lavozimdagilar, shuningdek, intizomiy hokimiyatga 11-moddaga binoan ega 
bo‘lgan batal’on komandiri (3-rang kema) mavqeidagi alohida harbiy qism 
komandirlari o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni davlat mukofotlariga taqdim 
etish uchun tavsiya berish huquqiga egadirlar. 
Askarlar, matroslar va serjantlarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirishlar 
Askar va matroslarga qo‘llaniladigan rag‘batlantirish ko‘rinishlari 
quydagilardir:
a) oldin berilgan intizomiy ta’zir choralarini bekor qilish; 
b) minnatdorchilik e’lon qilish; 
v) harbiy xizmatchining yurtiga yoki xizmatgacha bo‘lgan o‘quv joyi (ish 
joyi)ga uning harbiy burchni namunali bajarayotgani va rag‘batlantirish olganligi 
to‘g‘risida xabar berishi; 
g) Faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘a yo pul bilan mukofotlash; 
d) harbiy xizmatchini harbiy qism Jangovar Bayrog‘i yonida suratga olish 
bilan taqdirlash; 
e) serjantlar (starshinalar)ga ular shtat bo‘yicha egallab turgan lavozimidagi 
harbiy unvonidan bir pog‘ona yuqori harbiy unvon berish; 
J) a’lochining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash; 
z) askar, matros, serjant, starshinalarning familiyasi, ismini, otasining ismini 
harbiy qism (kema)ning Hurmat Kitobiga kiritish. 
i) askar, matros, serjant, starshinalarga (harbiy-o‘quv yurti kursantlari bundan 
istisno) yo‘lga ketgan vaqtdan tashqari 10 sutkagacha ta’til berish. 


105
Harbiy xizmatni shartnoma asosida askar, matros, serjant, starshina 
lavozimida o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga yuqorida rag‘bat ko‘rinishlarining 
«v» va «i» punktidan boshqa barchasi qo‘llaniladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling