УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
 
Park bo‘yicha posbon
Park bo‘yicha posbon askarlar yoxud serjantlardan tayinlanadi. U parkda 
belgilangan tartibga rioya qilinishi va mashinalarning parkdan chiqarilishi va 
parkka kiritilishi uchun javob beradi. Park bo‘yicha posbon park bo‘yicha 
navbatchiga bo‘ysunadi. 
U quyidagilarga majburdir: 
- faqat park bo‘yicha navbatchining ruxsati bilan harbiy xizmatchilarni 
parkka o‘tkazib yuborishga, shunigdek, mashinalar va boshqa texnikani parkdan 
chiqarishga va parkka kiritishga;


99
- parkdagi ozodalik va tartib ustidan nazorat qilib turishga;
- park xonalarida va hududida, maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarni 
istisno qilganda, chekish va o‘t yoqishga yo‘l qo‘ymaslikka;
- mashinalar faqat park bo‘yicha navbatchining ruxsati bilan to‘xtash joyidan 
(joyiga) olib chiqib ketilishi (qo‘yilishini) nazorat qilib turishga;
- yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan park bo‘yicha navbatchiga bildirish va 
uni o‘chirish choralarini ko‘rishga;
- parkdagi barcha tartibbuzarliklar to‘g‘risida park bo‘yicha navbatchiga 
bildirishga majburdir.
Navbatdagi posbon parkka kirishda qo‘yiladi, bo‘sh turgan smenadagi 
posbon esa parkdagi ish vaqtida park hududida bo‘ladi va ichki tartib, o‘t o‘chirish 
xavfsizligi qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilib turadi va park bo‘yicha 
navbatchining ruxsatisiz hech qayoqqa jilmaydi.


100
VIII-bob.
INTIZOMIY NIZOMNING UMUMIY QOIDALARI. 
RAG‘BATLANTIRISH TURLARI VA ULARNING QO‘LLASH TARTIBI. 
 
INTIZOMIY NIZOMNING UMUMIY QOIDALARI. 
Harbiy intizom - bu barcha harbiy xizmatchilarning qonun, harbiy Nizomlar 
tomonidan, komandirlar (boshliqlar) buyruqlari bilan belgilangan tartib va 
qoidalarga qat’iy va aniq rioya etilishidir.
30
Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchiniig O‘zbekiston Respublikasini 
himoya qilishga bo‘lgan harbiy burch va shaxsiy ma’suliyat, o‘z xalqiga mislsiz 
sadoqatini his qilishiga asoslanadi. 
Harbiy xizmatchilarda yuksaq intizomni tarbiyalashning asosiy usuli –
ishontirishdir. Ammo ishontirish o‘z harbiy burchiga sidqidildan yondoshmagan-
larga nisbatan majburiy choralar ko‘rishni istisno etmaydi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling