УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Kolonna boshlig‘i (mashina kattasi) quyidagilarga majburdir
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolonna boshlig‘i (mashina kattasi) quyidagilarga majburdir:
- mashinalar (mashina) harakati boshlanishidan oldin odamlarni o‘tkazish va yuk yuklash me’yorlariga rioya qilinishini tekshirishga; - shaxsiy tarkibni (yukni) mashinalarga (mashinaga) chiqarish (yuklash), tushirish (tushirib olish) va joylashtirish paytida tartibni nazorat qilishga; 93 - mashinalar (mashina) harakati chog‘ida haydovchilarning (haydovchining) yo‘nalishga, belgilangan harakat tezligiga rioya qilishi, yo‘l harakati qoidalarini bajarishini, mashinalardagi (mashinadagi) shaxsiy tarkibning esa intizom va xavfsizlik talablariga rioya qilishini nazorat qilib turishga majburdir. Kolonna boshlig’iga (mashinaning kattasiga) mashina boshqarishni o‘z qo‘liga olish yoxud haydovchini (haydovchilarni) yo‘l harakati qoidalarini buzishga va belgilangan harakat tezligidan tezlikni oshirishga majbur etuvchi komandalar berish man etiladi. Kolonna boshliqlariga (mashinalarning kattasiga) va haydovchilarga topshiriq maqsadi, bajarish tartibi, muddati to‘g‘risida va harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi bo‘yicha ushbu tashishni tashkil etuvchi mansabdor shaxslar yoxud ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlari tomonidan yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Mashina haydovchilariga, bundan tashqari, bo‘linma komandiri yo‘nalishda mashina ekspluatatsiyasi qoidalariga, yo‘l harakati Qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida va yurish-turish haqida yo‘l-yo‘riqlar beradi. Haydovchilariga mashinani boshqarishni boshqa birovga berish qat’iyan man etiladi. 29 Mashinalarni chiqishga tayyorlash bo‘linma komandirlari yoxud ularning qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarlari (texnika qismi, avtomobil xizmati boshliqlari, batal’on texniklari, rotalarning katta texnigi yoxud texnigi) rag‘barligi ostida o‘tkaziladi. Parkdan chiqarilayotgan va parkka qaytayotgan mashinalarning texnik holati ustidan nazorat texnika-nazorat punkti boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Parkdagi ichki tartib va ish tartibi brigada bo‘yicha buyruqda e’lon qilinadi. Buyruqda belgilanmagan vaqtda parkka kiritish va undan ishlashga faqat brigada komandiri tomonidan ruxsat beriladi. Parkda ishlash va mashg’ulot o‘tkazish uchun belgilangan vaqtda shaxsiy tarkib faqat ofitserlar, yoxud serjantlar komandasi ostidagi safda kiritiladi. Ofitserlar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar pakka ishlash uchun belgilangan vaqtda shaxsiy guvohnomalari bo‘yicha kiritiladi. 29. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 216 bet 94 Xizmat zarurati yuzasidan pakka yakka tartibda kelgan serjantlar va askarlar brigada komandirining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosarining ruxsati bilan parkka kiritiladiki, bu haqda oxirgisi park bo‘yicha navbatchiga ma’lum qiladi. Mashinalarni olib chiqib keish uchun kelgan ekipajlar (haydovchilar) parkka yo‘l varaqasini ko‘rsatish bo‘yicha kiritiladi. Parkda turgan mashinalar va harbiy texnika yoniga ular birkitilgan harbiy xizmatchilar saqlash joylari va park xonalarini ochishga ruxsat berilgan shaxslarning ruxsatiga ko‘ra kiritiladi. Trevoga paytida mashinalar va harbiy texnika yoniga kiritish tartibi brigada komandiri tomonidan joriy etiladi va tegishli yo‘riqnomalarda bayon etiladi. Mashinalarning o‘t oldirish qulflari, qopqalari, park xonalari va park darvozasi kalitlarini saqlash va berish tartibi mashinalarning o‘z vaqtida parkdan chiqishini ta’minlashi, shunigdek, ularning shaxsiy tarkib tomonidan o‘zboshimcha foydalanilishi hollarini mustasno qilish lozim. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling