УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100
 


89
VII-bob. 
PARKLARDAGI ICHKI XIZMAT XUSUSIYATLARI. 
 
PARK ICHKI XIZMATINING UMUMIY QOIDALARI 
Park deb qurol-aslaha va harbiy texnikani saqlash, xizmat ko‘rsatish, 
ta’mirlash va jangovar qo‘llashga gay holatga keltirish uchun jihozlangan hududga 
aytiladi.
26
Parklar doimiy va dalabop bo‘lishi mumkin.
Doimiy parklar – brigada doimiy joylashgan yerlarda va poligonlarda 
(lagerlarda) jihozlanadi. Bunda qurol-aslaha va harbiy texnika yopiladigan 
omborlarda yoxud ayvonlar ostida,shuningdek, ishonchli to‘silgan maydonchalarda 
joylashtiriladi. Parkda park bo‘yicha navbatchi, inspektsiya-texnika punkti 
boshlig‘i, harakat xavfsizligi, haydovchilar, katta mashinalar va park bo‘yicha 
naryadga yo‘l-yo‘riq berish uchun xonalari bo‘lgan inspektsiya-texnika punkti 
jihozlanadi; yoqilg‘i quyish punkti, tozalash va yuvish punktlari, har kunlik 
texnikaviy xizmat ko‘rsatish punkti (maydonchasi), texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlash punkti, qurol-aslaxa va harbiy texnikani saqlash joyi va ularni jangovar 
qo‘llashga tayyorlashni ta’minlash uchun inshoatlar, texnikaga xizmat 
jihozlanadi.
27
Doimiy parklar 
31-rasm. Doimiy park 32-rasm. Doimiy parkning sxemasi
26. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 212 bet 
27. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 212 bet 
 


90
Dalabop parklar – harbiy qismning (bo‘linmaning) dala sharoitidagi 
muvaqqat qarorgohi huzurida tashkil etiladi. Ular odatda har bir batal’on (rota) 
uchun quriladi.
28
Parkning tuzilishi va jihozlanishi mashinalarning tez va qulay chiqishini 
ta’minlashi lozim.
Park hududi bo‘linmalarga biriktirilgan qismlarga ajratiladi. Qismlarning 
chegarasi belgilar bilan belgili qilinadi. Doimiy park hududi to‘siladi, atrof-
muhitni himoya qilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilishni ta’minlovchi 
qo‘riqlashning texnik vositalari, uskunalar bilan jihozlanadi, ko‘kalamzorlash-
tiriladi va yoritiladi.

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling