УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


topishirdi». «O‘rtoq kapitan kichik serjant Qosimov vzvod bo‘yicha


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
topishirdi». «O‘rtoq kapitan kichik serjant Qosimov vzvod bo‘yicha 
navbatchilikni qabul qildi». So‘ngra vzvod bo‘yicha yangi navbatchi tarqatish 
brigada bo‘yicha navbatchi tomonidan berilgai barcha tanbexlar va ko‘rsatmalarni, 
shuningdek, navbatchilikni qabul qilish chog’ida aniqlangan bo‘zuqliklar va 
kamomadni ma’lum qiladi. 
Vzvod bo’yicha navbatchi quyidagilarga majburdir: 
- trevoga e’lon qilingan pallada shaxsiy tarkibni uyg‘otishii o‘tkazish, 
ofitserlar, shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni 
ogoh qilish, ular vzvodga yetib kelgunga qadar brigada bo‘yicha navbatchiniig 
ko‘rsatmalarini bajarishga; 
- vzvodda kun tartibining aniq bajarilishi ustidan nazorat qilib turish, 
belgilangan vaqtda shaxsiy tarkibni umumiy uyg‘otishni amalga oshirishga; 
- vzvodning turgan joyi va uni chaqirib olish tartibini, vzvoddagi naqd 
odamlarni, naryadda turganlar sonini, kasallarni, bandilarni (hibsga olinganlarni), 


84
brigada qarorgohidan javob berilganlar yoxud guruhlar tarkibida jo‘natilganlarni, 
shuningdek, qurollarning joy-joyidaligini va aniq tarqatilganini bilishga; 
- faqat vzvod komandiri yoxud starshinasining buyrug‘i bo‘yicha qurolni, 
to‘pponchadan tashqari, qurol va o‘q-dorilar berish daftariga bu haqda qayd 
kiritgan holda berishga; 
- qurolni qabul chog‘ida uning raqami va uning butligini tekshirish;
- qurol saqlash uchun xonaning kalitini doimo o‘z yonida olib yurish va hech 
kimga bermaslmkka; 
- vzvodda u yoki bu falokat sodir bo‘lgan hollarda va vzvod askarlari yoxud 
serjantlari o‘rtasida Nizomlar bilan joriy etilgan o‘zaro munosabatlarning qoidalari 
bo‘zilganda tartib o‘rnatishning kechiktirib bo‘lmas choralarini ko‘rishga va bu 
haqda zudlik bilan brigada bo‘yicha navbatchiga va vzvod komandiriga yoxud 
uning o‘rinbosariga, agar oxirgilari bo‘lmasa, vzvod starshinasiga bildiruv 
berishga; 
- vzvod o‘t o’chirish vositalarining joy-joyidaligi va holati hamda qurol 
saqlash uchun xonaning qo‘riqlash signalizatsiyasi, vzvodda o‘t o‘chirish 
xavfsizligi talablari (chekishga, buning uchun maxsus ajratilgan joydarda, harbiy 
kiyim-kechakni – faqat sushilkalarda quritishga ruxsat berish, pechlarda o‘t yoqish 
va chiroqlardan foydalanish qoidalari bajarilishi) ustidan nazorat qilib turishga; 
- brigada bo‘yicha navbatchining komandasiga ko‘ra kazarma eshiklarini 
zanjirlab yopish, tashrif buyuruvchilarga yo‘l berishni esa sigializatsiya qo‘ng‘iroq 
bo‘yicha dastlabki tanishib chiqishdan so‘nggina amalga oshirishga; 
- yong‘in sodir bo‘lganda o‘t o‘chirish guruhini chaqirish, uni o‘chirish 
bo‘yicha choralar kurish va brigada bo‘yicha navbatchi va vzvod komandiriga 
zudlik bilan bildiruv berish, shuningdek, xavf taxdid solayotgan xonalardan 
odamlarning chiqishi va qurollarni olib chiqish bo‘yicha choralar ko‘rishga; 
- posbonlarni o‘z vaqtida almashtirish;
- vzvod starshinasi buyrug‘iga ko‘ra ishga tayinlangan bo‘linmalarni va turli 
guruxlarni jo‘natish, shuningdek, barcha kasallarni va shifokor ko‘rigidan o‘tishi 
zarur bo‘lganlarni tibbiyot punktiga yuborishga; 


85
- belgilangan soatda brigada qarorgohidan javob berilganlarni safga tizish, bu 
haqda vzvod starshinasiga bildiruv berish va uning buyrug’iga ko‘ra ularni brigada 
bo‘yicha navbatchiga tanishtirishga; 
- xizmat ishlari bo‘yicha vzvod xonasidan chiqib ketayotganda, shuningdek, 
o‘z dam olishi vaqtida o‘z majburiyatlari ijrosini bo‘sh smenadagi posbonlardan 
biriga topshirishga; 
- kechki yo’qlamadan keyin vzvod starshinasidan hozir bo‘lmaganlar haqida 
ma’lumot, o‘zboshimcha ketib qolganlar mavjud bo‘lganda esa bunday harbiy 
xizmatchilarning harbiy unvoni, familiyasi , ismi va otasining ismi, taxmin etilgan 
turgan joylari ko‘rsatilgan ro‘yxatini olish va brigada bo‘yicha navbatchiga 
bildiruv berishga. Masalan: «O‘rtoq kapitan. 1-chi tankchilar vzvodsida kechki 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling