УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


yo‘qlama o‘tkazildi, ta’tilga ketgan ikki kishini naryaddagi uch kishini istisno


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
yo‘qlama o‘tkazildi, ta’tilga ketgan ikki kishini naryaddagi uch kishini istisno 
qilganda, hamma odamlar hozir bo‘ldi. Vzvod bo‘yicha navbatchi serjant 
Sobirov». 
- ertalabki ko‘rikdan so‘ng brigada bo‘yicha navbatchiga vzvod shaxsiy 
tarkibining mavjudligi va tarqatilishi to‘g‘risida, tunda bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz 
hodisalar to‘g‘risida texnik vositalar orqali bildiruv berish, javob berishdan 
kechikib kelganlar va o‘zboshimcha ketib qolganlar mavjud bo‘lganda esa ularning 
ro‘yxatini taqdim etishga; 
- vzvod xonalarining puxta yig‘ishtirilishi va tutilishi ustidan, ularda joriy 
etilgan havo harorati saqlanishi, bakchalarda ichimlik suv va qo‘lyuvg’ichlarda suv 
mavjud bo‘lishi, shuningdek, vzvodga birkitilgan hudud qismining yig‘ishtirilishi 
ustidan nazorat qilib turishga; 
- vzvod shaxsiy tarkibi ovqat tanovul qilayotgan paytda tartib saqlash;
- vzvod starshinasining ko‘rsatmasiga binoan naryadda turgan yoxud boshqa 
xizmat ishlari bo‘yicha hozir bo‘lolmagan shaxslar uchun taom qoldirilishiga o‘z 
vaqtida oshxona bo‘yicha navbatchiga talabnoma berishga; 
- vzvod komandiri va undan yuqori to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliqlar, brigada 
bo‘yicha navbatchi, shuningdek, inspektsiya qiluvchi (tekshiruv o‘tkazuvchi) 


86
shaxslar vzvodga kelishi bilan «Rostlan» komandasini berish, ularga bildiruv 
berish va vzvod qarorgohi bo‘ylab kuzatib qo‘yishga; 
Masalan: «O‘rtoq mayor. Mening navbatchiligim paytida ko‘ngilsiz 
hodisalar (yoxud shu-shu sodir bo‘ldi) sodir bo‘lmadi. Vzvod otish maydonida 
mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Vzvod bo‘yicha navbatchi serjant Abdullaev» 
Boshqa ofitserlar, praporshchiklar va vzvod starshinasiga navbatchi bildiruv 
bermaydi, faqat o‘zini tapishtiradi. 
O‘z vzvoddidan bo‘lmagan ofitserlar kelganda ham vzvod navbatchisi ularga 
o‘zini tanishtiradi va ularni vzvod komandiri huzuriga kuzatib qo‘yadi. 
Kelgan komandirni (boshliqni) vzvod komandiri qarshi olgan va unga 
bildiruv bergan hollarda bunda ishtirok etayotgan vzvod bo‘yicha navbatchi 
bildiruv bermaydi, faqat o‘zini tanishtiradi. 
Aholi manzillarida joylashganda vzvod bo‘yicha navbatchi,bundan tashqari, 
askarlar va serjantlar vzvod qarorgohi rayonidan tashqari chiqmasliklari, kirish 
man etilgan joylarga kirmasliklari ustidan, ko‘chada yurgan paytlarda esa rusum 
bo‘yicha kiyinishilari va jamoat tartibiga rioya qilishlari ustadan kuzatib turadi. 
Vzvod bo‘yicha navbatchi tartibni buzishda aybdor bo‘lganlarni tutadi va vzvod 
starshinasining huzuriga jo‘natadi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling