УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Vzvodning sutkalik naryadiga
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Vzvodning sutkalik naryadiga:
- vzvod bo‘yicha navbatchi; - vzvod bo‘yicha posbonlar tayinlanadilar. Vzvod bo‘yicha posbonlarning almashinish miqdori brigada komandiri tomonidan belgilanadi. Harbiy xizmatchi ayollar yotoqxonasi bo‘yicha sutkalik naryad tarkibi, shuningdek, uning majburiyatlari vzvod sutkalik naryadiga muvofiq ravishda belgilanadi. Vzvodlar bo‘yicha navbatchilar o‘rnida ba’zi batalionlarda ularning soni va joylashish sharoitlariga qarab brigada komandirining qaroriga binoan batalion bo‘yicha navbatchi, brigada ta’minoti bo‘linmalarida esa ular bir joyda joylashganda – bu bo‘linmalar bo‘yicha navbatchi tayinlanishi mumkin. Posbonlnng soni ko’rsatladigan hollarda bo‘lishlarning joylashishi, qo‘riqlashning ta’minlanishi va ichki tartib saqlanishi sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sutkalik naryadning barcha shaxslari o‘z majburiyatlarini aniq bilishlari, puxta va vijdoni ijro etishlari, kuntartibi bajarilishiga rioya qilinishga qunt-matonat bilan erishishlari lozim. Brigada bo‘yicha navbatchining ruxsatisiz sutkalik naryad shaxslari o‘z majburiyatlari ijrosini to‘xtatish yoxud birortasiga topshirish huquqiga ega emas. Brigada komandiri nomidan boshliqlar va undan yuqori bo‘linmaga tashrif buyurganda bo‘linmalar bo‘yicha navbatchilar brigada komandiriga bu haqda zudlik bilan bildirishga majburdirlar. Barcha navbatchilar va ularning yordamchilari ko‘krakning chap tomonida (chap yonida) tegishli yozuv bo‘lgan ko‘krak nishoni (qizil matodan bog‘ichga) 80 ega bo‘lishlari lozim. Ko’krak nishoni (bog‘ich) eski navbatchi tomonidan yangi navbatchiga navbatchilikni topshirish va qabul to‘g’risida bildiruvdan so‘ng topshiriladi. Ofitserlar va serjantlar orasidan tayinlangan brigada bo‘yicha navbatchi, brigada bo‘yicha navbatchining yordamchisi, park bo‘yicha navbatchi, nazorat- o‘tish joyi bo‘yicha navbatchi, brigada shtabi bo‘yicha navbatchi ikkita o‘qdon to‘ldirilgan to‘pponcha bilan qurollanadi. Serjantlar orasidan tayinlangan park bo‘yicha navbatchi, nazorat-o‘tish joyi bo‘yicha navbatchi, brigada shtabi bo‘yicha navbatchi, nazorat-o‘tish joyi bo‘yicha navbatchining yordamchisi, bo‘linmalar bo‘yicha navbatchilar, yotoqxona bo‘yicha sutkalik naryad tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi ayollardan tashqari, shuningdek, park bo‘yicha posbonlar va xat tashuvchilar qinli nayza-pichoq bilan qurollanadilar. Nayza-pichoq bel kamarining chap tomonida o‘qadan kaftdek kenglikda osilishi kerak. Zarur bo‘lgan hollarda Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan ba’zi harbiy qismlarda nazorat-o‘tish joyi bo’yicha navbatchilar va yordamchilari, vzvodning sutkalik naryadi va park bo‘yicha posbonlar ikkita to‘ldirilgan o‘qdonli (oboymalarida 30 tadan o‘q) avtomatlar (karabinlar) bilan qurollanishlari mumkin. Qurol bilan muomala tartibi, shuningdek, uning qo‘llanishi mazkur Nizom qoidalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling