78
VI-bob.
SUTKALIK NARYAD. SUTKALIK NARYAD TARQATUVI.
SUTKALIK NARYADNING MAJBURIYATLARI.
SUTKALIK NARYAD, UNING TARKIBI VA VAZIFALARI.
Sutkalik naryad – harbiy qismning (bo‘linmaning)
ichki tartibini saqlash,
shaxsiy tarkibi, qurol-aslahasi, harbiy texnikasi va o‘q-dorilari,
inshootlari va
mulkini qo‘riqlash, bo‘linmalarda ishlarning ahvolini nazorat qilish va
huquqbuzarliklardan ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z
vaqtida qabul
qilish,
shuningdek, ichki xizmat bo‘yicha boshqa majburiyatlarni
bajarish uchun
tayinlanadi.
25
Sutkalik naryad tarkibi brigada bo‘yicha buyruqda o‘rgatish davriga e’lon
qilinadi.
Brigada sutkalik naryadining quyidagi tarkibi ko‘zda tutiladi:
- brigada bo‘yicha navbatchi;
- brigada bo‘yicha navbatchining yordamchisi;
- bo‘linmalarning navbatchilari;
- qorovul;
- park bo‘yicha navbatchi va posbon, shuningdek, navbatchi shataklarning
mexanik-haydovchilari (haydovchilari);
- navbatchi feldsher yoxud sanitariya yo‘riqchisi va tibbiyot punkti bo‘yicha
posbon;
- oshxona bo‘yicha navbatchi va oshxonada ishlovchilar;
- brigada shtabi bo‘yicha navbatchi;
- navbatchi signalchi-barabanchi;
- xat tashuvchilar;
- o‘t o‘chirish naryadi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 158 bet
79
Har kuni brigada bo‘yicha buyruqqa ko‘ra: brigada bo‘yicha navbatchi,
brigada bo‘yicha
navbatchining yordamchisi, qorovul boshlig‘i, park bo‘yicha
navbatchi, bo‘linmalarning navbatchilari, shuningdek, tarkibidan brigada sutkalik
naryad va ishga naryad ajratiladigan bo‘linmalar tayinlanadi. Zarur bo‘lgan
hollarda brigada komandiri sutkalik naryad tarkibning qisqartirishga xaqli bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: