УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
va mustaqilligi uchun jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan»
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NONUSHTA, TUSHLIK VA KECHKI OVQAT
va mustaqilligi uchun jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan» deb bildirish
beradi. Shundan so‘ng vzvod starshinasi vzvod shaxsiy tarkibini nomma-nom ro‘yxat bo‘yicha tekshiradi. O‘z familiyasini eshitgan har bir kishi: «Men» deb javob beradi. Yo‘q bo‘lganlar uchun bo‘lim komandiri javob beradi, masalan: «Qorovulda», «Ta’tilda». Yo‘qlama tugashi bilan vzvod starshinasi «Erkin» komandasini beradi, har bir harbiy xizmatchiga ma’lum bo‘lmog‘i shart bo‘lgan buyruq va buyurishlarni, ertangi kunga naryadni e’lon qiladi va trevoga va yong‘in hollari uchun jangovar hisob-kitob o‘tkazadi (aniqlashtiradi), guruh komandirlarining o‘rinbosari ertangi kunning navbatdagi yig‘ishtiruvchilarini tayinlaydilar. Belgilangan soatda «Uyquga» signali beriladi, navbatchi yoritqich yondiriladi va mutlaq jimjitlik o‘rnatiladi. Vzvod komandiri yoxud vzvod ofitserlaridan birortasi ertalabki ko‘rik yoxud kechki yo‘klamada hozir bo‘lgan paytlarda vzvod starshinasi ko‘rik (yo‘qlama) natijalari to‘g‘risida unga bildiruv beradi. Brigada rejasi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan umumbatalion yoxud umumbrigada kechki yo‘qlamalari o‘tkaziladi. Kechki yo‘qlama o‘tkazish joyi yoritilgan bo‘lishi shart. Umumbatalion (brigada) yo‘qlamalarida batalionning (brigadaning) butun shaxsiy tarkibi hozir bo‘lishga majburdir. 77 Butun shaxsiy tarkibning nomma-nom ro‘yxat bo‘yicha yo‘qlamasini vzvod komandirlari o‘tkazadilar va yo‘qlama natijalari to‘g’risida batalion komandiriga bildirish beradilar. Umumbrigada yo‘qlamasida batalionlar va alohida bo‘linmalarning komandirlari yo‘qlama natijalari to‘g‘risida brigada komandiriga bildirish beradilar. NONUSHTA, TUSHLIK VA KECHKI OVQAT Kun tartibida belgilangan soatda taom tayyorlash tugallangan bo‘lishi shart, nonushta, tushlik va kechki ovqat orasi 7 soatdan oshmasligi kerak. Taom tarqatilishi boshlangunga qadar shifokor (feldsher) brigada bo‘yicha navbatchi bilan birgalikda taomlar sifatini tekshirishlari, portsiyalarni nazorat tortib ko‘rinshi o‘tkazishlari, shuningdek, oshxona xonalarining, oshxona idishlari va asbob-anjomlarining sanitariya holatini tekshirishlari kerak. Shifokor (feldsher) xulosasidan so‘ng taom brigada komandiri yoxud uning ko‘rsatmasiga ko‘ra brigada komandirining o‘rinbosarlaridan biri tomonidan sinab yeb ko‘riladi. Tekshirish iatijalari taom tayyorlash ustidan nazorat hisob-kitobi daftariga qayd etib boriladi. Belgilangan vaqtda brigada bo‘yicha navbatchi taomlarni tarqatishga ruxsat beradi. Askarlar va serjantlar oshxonaga top-toza kiyim-kechak va poyafzalda, vzvod starshinasi yoxud uning ko‘rsatmasiga ko‘ra guruhlar komandirlarining o‘rinbosarlaridan birining qo‘mondonligi ostida saf bilan yetib kelishlari lozim. Ovqat yeyish vaqtida oshxonada tartibga rioya qilinishi shart. Bosh kiyimda, shinellarda (isitadigan kurtkalarda) va maxsus (ishchi) kiyim-kechak rusumida ovqat yeyish man etiladi. Sutkalik naryad shaxslari brigada komandiri belgilagan vaqtda ovqat oladilar. Brigada tibbiyot punktidagi kasallarga taom gospital payogi me’yori bo‘yicha tayyorlanadi va alohida yetkazib beriladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling