УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
XONALARNI TUTISH.
Brigadaning barcha imoratlari va xonalari hamda xududi har doim ozoda va tartibli saqlanishi kerak. Har bir boshliq imoratlar va xonalardan to‘g‘ri foydalanilishi uchun, mebellar, anjomlar va jihozlarning yaxshi saqlanishi uchun javob beradi. Imoratlarning barcha xonalari va old tomonlari belgilangan tusdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. 22 Barcha xonalar raqamlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Har bir xonaga kiraverishdagi eshikning tashqi tomonida uning raqami va vazifasi ko‘rsatilgan bitik taxtacha, har bir xonaning ichkarisida esa unda bo‘lgan mulkning (mebellar, anjomlar) va jihozlarning ro‘yxati osib qo‘yiladi. Xona mebeli, anjomlari va barcha jihozlari ich tomonidan raqamlab chiqiladi va vzvod kantselyariyasida saqlanuvchi hisob-kitob daftariga qayd etib qo‘yiladi. Mebel, anjomlar va jihozlar xona uchun zarur bo‘lgan buyumlar sanaladi va brigada komandirining ruxsatisiz bir bo‘linmadan boshqasiga tashib o‘tilishi mumkin emas. Mebel, anjomlar va jihozlarni bir harbiy shaharchadan boshqasiga tashib o‘tish man etiladi. Uxlash xonalarida yoxud boshqa xonalarda shaxsiy tarkib uchun ko‘zga tashlanib turgan joyda maxsus taxtada kun tartibi, mashg‘ulotlar jadvali, naryadlar varaqalari, shaxsiy tarkib joylashishining tarhi, mulk ro’yxati va zarur yo’l- yo‘riqlar osib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. 22. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 129 bet 69 Bo‘linmalarda (xonalarda) osib qo‘yiladigan su’ratlar va kartinalar yog‘och hoshiyada, plakatlar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar esa ensiz uzun taxtachalarda bo‘lishi lozim. Barcha xonalarda gul o‘stirishga, derazalarga saranjom yakrang pardalar osishga ijozat beriladi. Pastki qavatlarniig shahar kuchalariga qaragan derazalarining oynalari zarur bo‘lgan balandlikkacha xira bo‘lishi yoxud oq bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Vzvodga kiraverishdagi eshik, zarur bo‘lganda, kuzatish tirqishchasi, ishonchli ichki tamba va bo‘linma bo‘yicha posbonga ulangan tovushli jaranglagich bilan jihozlanishi mumkin. Bunday holda pastki qavatlarning derazalariga ichkaridan zanjirlanadigan panjara o‘rnatiladi. Suvo‘tkazgich quvurlar (vodoprovod) bo‘lgan barcha maishiy xonalarda suv ichish favvorachalari jihozlanadi, suv o‘tkazgich quvurlar bo‘lmagan joyda esa ichimlik suv solingai qulf osib yopilgan bakchalar o‘rnatiladiki, ular ham favvorachalar bilan jihozlanadi. Bakchalar har kuni vzvod bo‘yicha navbatchi nazorati ostida chayqalib to‘kiladi va toza ichimchik suv bilan to‘lg‘iziladi, haftada bir marta ularning dezenfektsiyasi o‘tkaziladi. Bakchalarning kaliti vzvod bo‘yicha navbatchida saqlanadi. Barcha xonalar yetarli miqdorda axlat qutilari, chekish uchun joy esa - suvli (yuqumsizlantiruvchi suyuqlikli) axlat qutisi bilan ta’minladi. Xonaga kiraverishdagi tashqi eshiklar yonida poyafzalni loydan tozalash uchun moslamalar va axlat qutilari bo‘lishi lozim. Xonalarni har kunlik yig’ishtirish vzvod bo‘yicha navbatchining to‘g‘ridan- to‘g‘ri rahbarligi ostida navbatchi farroshlar (yig‘ishtiruvchilar) tomonidan o‘tkaziladi. Navbatchi farroshlar mashg‘ulotlardan ozod etilmaydi. Navbatchi farroshlar krovatlar va krovat oldi tumbochkalar ostidan axlatlarni supurib-sidirishga, krovatlar qatori orasidagi yo‘laklarni supurishga, pollarni ho‘l latta bilan ishqalab artishga, axlatni belgilangan joyga chiqarib tashlashga, derazalar, eshiklar, javonlar, qutilar va boshqa jihozlarning changini artishiga, kechqurundan qo‘l yuvg‘ichlarga suv to‘lg‘izshiga, axlat qutilarni tozalashga, bundan tashqari, chekish joylarida ularga suv (yuqumsizlantirilgan suyuqlik) 70 quyishga majburdir. Mashg‘ulotlar paytida xonalarni ozoda saqlash posbonlar zimmasiga yuklanadi. Umumiy yig‘ishtirish vaqtida to‘shak uchun zarur buyumlar (ko‘rpalar, yostiqlar, adyollar) shamollatilish uchun hovliga chiqarilishi mumkin. Pollarni mastika surtib ishqalashdan oldin ular bo‘lganchdan tozalanadi va ho‘l latta bilan ishqalab yuviladi. Agar pollar mastika surtib ishqalanmasa, unda ularni yuvish haftada kamida bir marta o‘tkaziladi. Pollarni suv ko‘llatib quyib yuvish man etiladi. Oshxonalarda, nonvoyxonalarda va non zavodlarida barcha uskuna va anjomlarga tamg‘a bosiladi, ozoda va tartibli tutiladi; idish-tovoq ovqat yeyilgandan keyin tozalanishi, yuvilishi, qaynoq suv bilan bug‘latilishi va quritilishi lozim. Idish-tovoq so‘kchaklarda yoxud maxsus javonlarda saqlanadi. Binolarning tuynuklari qishda berkitilgan, yozda esa ochiq, ammo maxsus panjaralar bilan to‘silgan bo‘lishi kerak. 29-rasm. Idish-tovoq yuvish xonasi 30-rasm. Oshxona Chordoqlarda, mo‘rilardan uzoqroq joylarda faqat qishki deraza panjaralari saqlanib qolishi mumkin. Chordoqlar, sushilkalar, yerto‘lalar qulflanadi, ularning kalitlari bu xonalarni tutish uchun mas’uliyat yuklangan bo’linmaning navbatchisida saqlanadi. Hojatxonalar 10-12 kishiga bitta unitazli (yopiladigan kabina) va bitta siydikchanoq mo‘ljallangan holda jihozlanadi. Hojatxonalar toza saqlanishi, har 71 kuni dezinfektsiya qilinishi va yaxshi ventilyatsiyaga va yoritqichga ega bo‘lishi lozim. Ularni yig‘ishtirish asbob-anjomlari buning uchun maxsus ajratilgan joyda (javonda) saqlanadi. Hojatxonalar tutilishi ustidan kuzatib turish bo‘linma starshinalariga, sanitariya yo‘riqchilariga va vzvodlar bo‘yicha navbatchilar zimmasiga yuklanadi. Chuqur, suv o‘tkazmaydigan axlatxonali tashqi hojatxonalar maishiy xonalardan, oshxona va novvoyxonalardan (non zavodlaridan) 40-100 metr uzoqlikda quriladi. Bu masofa shimoliy tumanlarda birmuncha qisqa bo‘lishi mumkin. Tashqi hojatxonalarga olib boradigan yo’laklar tun paytida yoritiladi. Zarur bo‘lib qolganda (tunda) yilning sovuq mavsumida maxsus ajratilgan xonalar siydikchanoqlar bilan jihozlanadi. Axlatxona handag‘i o‘z vaqtida tozalab turiladi va dezinfektsiya qilinadi. Uy-xo‘jalik va o‘t o‘chirish organlarining ruxsatisiz xonalarning rejasini o‘zgartirish, mavjud va yangi tiklangan qo‘shimcha qurilishlarni, ichki elektr tarmoqlari joylashishini, aloqa simlarini, sigalizatsiya va televizion to‘lqin tutarlarning (antennalarning) o‘rnini ko‘chirish va qismlarga ajratib buzish, shuningdek, vaqtinchalik pechlarni o‘rnatish va yangilarini jihozlash man etiladi. Energiya ta’minoti, gaz ta’minoti, markaziy isitish uskunalari va tarmoqlarining ta’miri uy-xo‘jalik xizmati kuchlari yoxud uni bajarish uchun maxsus tayyorgarlik va ruxsatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘tkaziladi. Kazarma xonasida shaxdam qadam tashlovchi safda yurish man etiladi. Brigada joylashgan maskan, harbiy shaharcha hududi va unga tutash ko‘chalar ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘lishi hamda toza va tartibli saqlanishi, qorong‘u paytlarda yoritilishi lozim. Harbiy shaharcha hududi o‘rab olinadi. Brigada qarorgohi maskanini yig’ishtirish uchun bo’linmalar o‘rtasida qism- qism qilib taqsimlandi. Axlat har kuni qopqoq bilan berkitiladigan konteynerlarga yig‘iladi va tashib olib chiqib ketiladi. Konteynerlar qattiq qoplamali maydoncha- larda o‘rnatiladi. Konteynerlar haftada kamida bir marta yaxshilab tozalanadi va dezinfektsiya qilinadi (zararsizlantiriladi). Harbiy shaharcha hududini yig‘ishtirish sutkalik naryad va tushdan keyingi paytda ajratilgan guruhlarning kuchlari bilan amalga oshiriladi. Park-xo‘jalik 72 kunida brigada qarorgohi maskanini yig‘ishtirish uchun guruhlar yohud bo‘linma ajratiladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling