УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurol saqlash xonalari
22-rasm. Qurollarni saqlash uchun javon 23-rasm. Qurol saqlash xonasi jixozlanishi Qurol terilgan piramida, to‘pponchalar va o‘q-dorilar joylashgan javonlar va qutilar. shuningdek, qurol saqlash uchun xona qulflab yopilishi va mumli (mastikali) muhr bilan; piramidalar va xona – vzvod bo‘yicha navbatchining muhri bilan; to‘pponchalar va o‘q-dorilar joylashgan javonlar va qutilar – vzvod starshinasining muhri bilan muhrlanishi zarur. Qurol saqlash uchun xona va piramidalarning kalitlari har doim vzvod bo‘yicha navbatchida, to‘pponchalar va o‘q-dorilar joylangan jangovar javonlar, qutilarning kalitlari esa vzvod starshinasida turishi kerak. Kalitlarni berish man etiladi. 64 Ehtiyot kalitlar vzvod komandirining ixtiyorida temir qutida (qutichada) qulflab yopiladigan xatlangan quvurchada (tubusda, pepalda) saqlanadi. Qurol saqlash uchun xonada bu xonada saqlanayotgan piramidalar, javonlar, qutilar, stendlar, shiorlar va boshqa mulklarning miqdori qayd etib qo‘yilgan mulk ro‘yxati osib qo‘yiladi. Ro‘yxatda javonlarning raqami va ular qanday muhr bilan xatlangani ko‘rsatiladi. Har piramidaga, javonga, qutiga mas’ul shaxsning bo‘linmasi, harbiy unvoni, familiyasi va ismi-sharifi, piramida (javon, quti) raqami va u xatlangan muhrning raqami ko‘rsatilgan yorliqlar yopishtiriladi. Piramidaga (javonga, qutiga) unda saqlanayotgan qurol va mulkning turlari va miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat osib qo‘yiladi. Piramidaning har bir uyasida (javonida) qurol turi va raqami va gazniqob raqami, shuningdek, ular birkitilgan shaxsning harbiy unvoni, familiyasi va ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan yorliq yopishtirilgan bo‘lishi lozim. Qurol saqlash uchun xonada, piramidalar, javonlar, qutilarda bo‘lgan barcha ro‘yxatlar vzvod komandiri tomonidan imzolanadi. Bitta xonada bir necha bo‘linmalarning qurollari va o‘q-dorilari saqlanadigan hollarda brigada bo‘yicha buyruq bilan qurollar va o‘q-dorilarni joylashtirish, saqlash va saqlanish tartibi uchun mas’ul tayinlanadiki, uning o‘zi xona mulklari ro‘yxatlarini imzolaydi. Batal’on (brigada shtabi va xizmatlari) ofitserlari va serjantlarining shaxsiy qurollari, ularga berilgan o‘qlar va radioaktiv nurlanish dozasini o‘lchagichlar vzvodlardan biridagi (brigada shtabidagi) qulf osiladigan temir javonda saqlanadi. Ayni chog‘da o‘qlar ularning saqlanishi uchun javob beruvchi ofitser tomonidan muhrlanadigan, qulf osiladigan alohida temir qutida saqlanadi. Ofitserlar va serjantlarga sutkalik naryadni o‘tash uchun beriladigan o‘qlar qutidan tashqarida – javonda saqlanshi ham mumkin. Javon vzvod starshinasi (brigada bo‘yicha navbatchi) tomonidan muhrlanadi. Brigada bo‘yicha navbatchining yonida bo‘lgan ofitserlarning shaxsiy qurollari, o‘qlar va radioaktiv nurlanish dozasini 65 o‘lchagichlar turish javon, bundan tashqari, qorovul boshlig‘iga yashirin ulangan elektrtovushli jaranglagichga (signalizatsiyaga) ega bo‘lishi lozim. Batal’on ofitserlari va serjantlarning shaxsiy qurollari turgan javon va o‘q solingan qutilarning kalitlari vzvod komandirining moddiy ta’minot bo‘yicha yordamchisida, brigada shtabi va xizmatchilari, ofitserlari va serjantlariniki – brigada bo‘yicha navbatchida saqlanadi. To‘pponchalar va ularning o‘qlarini berish va qabul qilish tartibi brigada komandiri tomonidan belgilanadi. Qorovullar va navbatchi bo‘linma uchun ular kalitlari va muhrlari vzvod starshinasida saqlanuvchi qulf osilish va muhrlangan temir kutilarda turishi lozim. Har bir qutida o‘q-dorilar miqdori ro‘yxati bo‘lishi shart. O‘q solingan qutilar qurollar terilgan piramida yaqinida o‘rnatiladi. Qorovullar bir necha bo‘linmalardan tayinlanadigan harbiy qismlarda qorovullar uchun o‘qlarni harbiy qism bo’yicha navbatchining xonasida saqlashga ruxsat beriladi. Shtatsiz qurol bilan xizmatni o‘tayotgan bo‘linmalar o‘q-dorilarni ombordan qurol bilan bir vaqtda oladilar. Sport bilan shug‘ullanish uchun xonalar (joylar) sport trenajyorlari, gimnastika anjomlari, toshlar, gantellar va boshqa sport anjomlari bilan jihozlanadi. Vzvodda 15-20 kishiga bitta jumrak (dush to‘ri) to‘g‘ri kelishini mo‘ljallab dushxona jihozlanadi, 5-7 kishiga bitta jo’mrak (chumdak) to‘g‘ri kelishini mo‘ljallab qo‘l yuvgichlar va kamida ikkita suvi oqib ketadigan (oqavali) vanna o‘rnatiladi, shuningdek, harbiy xizmatchilar askariy kiyim-kechagini yuvishi uchun joy jihozlanadi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling