УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


HARBIY XIZMATCHILARNING JOYLASHISHI


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
 
HARBIY XIZMATCHILARNING JOYLASHISHI 
Brigada komandiri brigadaning barcha inshootlari va hududini bo‘linmalar 
o‘rtasida taqsimlaydi. Harbiy shaharchada bir necha harbiy qismlar joylashganida, 
inshootlar va hududular o’rtasida garnizon boshlig‘i tomonidan taqsimlanadi. 
20. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 120 bet


59
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, kemada bo‘lgan matros va 
starshinalardan tashqari, kazarmalarda joylashtiriladi. 
Har bir vzvodni joylashtirish uchun quyidagi inshootlar ko‘zda tutilgan 
bo‘lishi lozim: 
-
uxlash xonasi; 
- ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik xonasi; 
- vzvod kantselyariyasi; 
- qurol saqlash uchun xona; 
- qurol tozalash uchun xona (joy); 
- sport mashg’ulotlari uchun xona (joy); 
- maishiy xizmat (ko’rsatish) xonasi; 
- vzvod mulki va harbiy xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash uchun 
g‘azna; 
- chekish va poyafzal tozalash uchun xona (joy); 
- kiyim-kechak va poyafzal uchun sushilka; 
- yuvinish uchun xona; 
-
dushxona; 
- xojatxona. 
Har bir batal’on tasarrufiga: batal’on komandiri, uning o’rinbosari, batal’on 
shtabi uchun, mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, yig‘ilishlar va ofitserlar dam olishi 
uchun xonalar ajratiladi. 
Dam olish uchun xonalar 
16-rasm. 17-rasm.


60
18-rasm. 19-rasm.
Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun brigadada maxsus sinflar jihozlanadi. Har bir 
qismda jangovar shon-sharaf (tarix) xonasi jihozlanadi va harbiy sharaf hurmat 
kitobi yuritiladi. 
Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar:
Oilalari – brigada qarorgohidan tashqarida, oilasizlari esa – brigada 
qarorgohidagi yotoqxonalar yoxud kazarmalarniig xonalarida joylashtiriladi. 
Ayni chog‘da harbiy xizmatchi ayollar uchun alohida yotoqxona (uxlash 
inshootlari), mashg‘ulotlarga tayyorgarlik, yig‘ilishlar va bo‘sh vaqt uchun 
xonalar, dush va hojatxonalar, shuningdek, tashkiliy, xizmat ko‘rsatish xonalari va 
yuvinish uchun xonalar jihozlanadi. 
Vzvod starshinasi lavozimini egallagan praporshchik va michmanlar (oilasi 
bilan yoxud oilasizlar) brigada qarorgohida yoxud uning yaqinida joylashtiriladi. 
Vzvod starshinasi yoxud ofitserlar va praporshchiklar bilan butlanadigan 
lavozimlarni egallagan muddatsiz xizmat serjantlari kazarmaning alohida 
xonalariga joylashtirilishi mumkin. 
Harbiy-o‘quv muassasalarning kursantlari kazarmalarda muddatili xizmat 
askarlari va serjantlari uchun belgilab qo‘yilgan tartibda joylashtiriladi. 
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar oshxonalarda, non zavodlarida, tibbiyot 
punktlarida, qozonxonalarda, ishlab chiqarish va omborxona inshootlarida, 
klublarda, parklarda va angarlarda shuningdek, kazarmaning o‘quv va xizmat 
xonalarida uxlashi map etiladi. 


61
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarni uxlash xonalarida joylashtirish bir 
kishiga kamida 12 kub metr hajmda havo to‘g‘ri kelishi hisobidan o‘tkaziladi. 
Krovatlar uxlash xonalarida vzvodning belgilangan lavozim ro‘yxatiga 
muvofiq ketma-ketlikda joylashtiriladi va shunday o‘rnatiladiki, ulardan har 
biriniig yonida ikki joyda birga siljitilganlari yonida krovat oldi javonchalar uchun 
joy, krovatlar qatorlari orasida esa shaxsiy tarkib bemalol saf tortishi uchun bo‘sh 
joy qolishi kerak. Krovatlarni bir tekislikka rioya qilgan holda tashqi devordan 
ko‘pi bilan 50 sm o‘zoqlikda joylashtirish kerak. Krovatlar bir xil (andozali) 
bo‘lishi lozim.
21

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling