УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Guruh komandiri va uning o‘rinbosarining majburiyatlari
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- U quydagilarga majburdir
Guruh komandiri va uning o‘rinbosarining majburiyatlari.
Guruh komandiri tinchlik va urush davrida quyidagilarga majbur: - guruhniig jangovar tayyorligi va u tomonidan jangovar topshiriqlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun; - shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligi, tarbiyasi, harbiy intizomi va axloqiy-ruhiy holati uchun; - guruhda ichki tartibning saqlanishi uchun; - guruh qurol-aslahasi, harbiy texnikasi va boshqa mulkining saqlanishi va ahvoli uchun javob beradi. U vzvod komandiriga bo‘ysunadi va guruh butun shaxsiy tarkibining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘i sanaladi. U quydagilarga majburdir: - bo‘ysunuvchilarni shaxsan o‘qitishga va tarbiyalashga; - guruh shaxsiy tarkibi bilan jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish va bo‘lim komandirlari tomonidan askarlarning to‘g‘ri o‘qitilishi ustidan nazorat qilib turishga, jangovar topshiriqlarni bajarish paytida esa guruhga mohirlik bilan kamanda berishga; - har bir harbiy xizmatiniig familiyasini, ismini, otasining ismini va tug‘ilgan yilini, millatini, harbiy xizmatga qadar bo‘lgan mashg‘uloti turini, oilaviy ahvolini, jangovar tayyorgarlikdagri muvaffaqiyatlarini va kamchiliklarini, ularning ishchanlik qobiliyati va axloqiy-ruhiy sifatini bilishga; - ular bilan askariy tarbiya bo‘yicha ishlarni yakka tartibda o‘tkazishga; - guruh shaxsiy tarkibining nomma-nom ro‘yxatini yuritishga; 54 - bo‘ysunuvchilarning turmushi xususida qayg‘urish va ularning ehtiyojlaridan xabardor bo‘lishga; - kamida haftada bir marta guruhdagi uyg‘otish va kechki yo‘qlamada qatnashishga; - guruh shaxsiy tarkibining harbiy intizomga rioya qilishi ustidan, uning tashqi qiyofasi, harbiy rusumdagi kiyim-kechak kiyish qoidalari bajarilishi, anjom-aslaha, rusumli kiyim-kechak, poyafzalning to‘g‘ri mos keliish ustidan va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinishi ustidan qatiy nazorat qilib turishga va talab etishga; - shaxsiy tarkib jismoniy mashq ko‘rganligini muntazam takomillashtirish, u bilan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlarni har doim o‘tkazishga; - guruhda mavjud qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarning qismlarini, ekspluatatsiyasi qoidalarini bilish va ularning jangovar shayligini tekshirishga; - qurol-aslaha, harbiy texnika va boshqa moddiy vositalarning to‘g‘ri ekspluatatsiyasi ustidan nazorat qilib turish va kamida ikki haftada bir marta ularning ko‘rshi va mavjudligini tekshirishni shaxsan o‘tkazishga; - har bir o‘quv yoxud mashg‘ulotga chiqishdan oldin qurol-aslaha va harbiy texnikaning tayyorgarligini, o‘quv yoxud mashg‘ulotdan qaytishi bilan ularning joy-joyidaligi va holatini tekshirishga; - mashg‘ulotlarda, o‘q otish mashqlarida, o‘quvlarda va qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ishlash chog‘ida xavfsizlik talablarining bajarilishini ta’millashga; - guruh jangovar tayyorgarligi hisob-kitobini yuritishga; - bo‘ysunuvchilarning ehtiyojlari to‘g‘risida, shuningdek, rag‘batlantirishlar va ularga berilgan intizomiy ta’zirlar haqida vzvod komandiriga bildiruv berishga majburdir. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling