УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman»
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilamiz»
- IV-боб. KOMANDIRLAR (BOSHLIQLAR) VA ASOSIY MANSABDOR SHAXSLARNING MAJBURIYATLARI. YAKKABOSHCHILIKNING PRINSIPLARI
Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman» deb javob beradi.
Agar komandir (boshliq) harbiy qism, bo‘linmani tabriklasa, bunday paytda u cho‘zib-cho‘zib uch karra «Ura» deb javob beradi, agar komandir (boshliq) minnatdorchilik bildirsa, harbiy qism, bo‘linma «O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilamiz» deb javob beradi. 47 IV-боб. KOMANDIRLAR (BOSHLIQLAR) VA ASOSIY MANSABDOR SHAXSLARNING MAJBURIYATLARI. YAKKABOSHCHILIKNING PRINSIPLARI Yakkaboshchilik - O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurilishining , unga rahbarlik qilishning va harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning printsiplaridan biri sanaladi. U boshliqqa bo‘ysunuvchilarga nisbatan idora qilish hokimiyatining butun to‘laligicha berilishida va harbiy qism , bo‘linma va har bir harbiy xizmatchining hayoti va faoliyatining hamma jihatlari uchun davlat oldida shaxsiy javobgarlik uning zimmasiga yuklanishida o‘z ifodasini topadi. 17 Yakkaboshchilik boshliqning vaziyatni har tomonlama baholashdan kelib chiqqan holda yolg‘iz o‘zi qaror qabul qilish , qonun va harbiy Nizomlarning talablariga qat’iy muvofiq ravishda buyruqlar berish va ularning bajarilishini talab qilish huquqida mujassamlashgandir. Buyruqlarning muhokama qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi , bo‘ysunmaslik yoxud buyruqni boshqacha ijro etmaslik harbiy jinoyat sanaladi. O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar boshliqlarga nisbatan boshliq yoxud buysunuvchi bo’lishi mumkin, boshliq bo‘ysunuvchiga buyruqlar berishi va ularning ijrosini talab qilish huqukiga ega. O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar boshqalarga nisbatan boshliq yoxud bo’ysunuvchi bo’lishi mumkin. Boshliq bo‘ysunuvchiga buyruqlar berish va ularning ijrosini talab qilish huquqiga ega. Boshliq bo‘ysunuvchi uchun xushmuoshlalik va bosiqlik namunasi bo‘lishi va takallufsizlikka ham, noxolislikka ham yo‘l qo’ymashligi lozim. Bo‘ysunuvchining insoniy qadr-qimmatini poymol etuvchi harakatlari uchun boshliq javobgar bo‘ladi. 17. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 19 bet 48 Bo‘ysunuvchi boshliqning buyruqlarini so‘zsiz bajarishga majburdir. Agar u o‘ziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lingan deb hisoblasa, buyruqni bajarib, shikoyat qilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining noharbiy xodimlaridan bo‘lgan shaxs egallagan lavozimiga muvofiq bo‘ysinuvchilar uchun boshliq hisoblanadi. Harbii xizmatchilar, xizmat yuzasidan, hatto vaqtincha bo‘lsa ham, bo‘ysundirilgan boshliqlar bevosita boshliqlar xisoblanadi. Bo‘ysunuvchiga yaqinroq bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshliq bevosita boshliq deb ataladi. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling