УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Harbiy xizmatda bo‘lganlar o‘z harbiy unvonlariga ko‘ra boshliqlar


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100
Harbiy xizmatda bo‘lganlar o‘z harbiy unvonlariga ko‘ra boshliqlar 
hisoblanadi: 
- O‘zbekiston Respublikasi marshallari va armiya generallari - katta va kichik 
ofitserlar, michmanlar, serjantlar, askarlar va matroslar uchun; 
- generallar, polkovniklar va 1-darajali kapitanlar - kichik ofitserlar, 
michmanlar, serjantlar, starshinalar, askarlar va matroslar uchun; 
- podpolkovnik, 2-darajali kapitan, mayor, 3-darajali kapitan harbiy 
unvonidagi katta ofitserlar, michmanlar, serjantlar, starshinalar, askarlar va 
matroslar uchun; 
- kichik ofitserlar, serjantlar, askarlar va matroslar uchun; 
- serjantlar - harbiy qismda birga bo’lgan askarlar va matroslar uchun. 
O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra boshqa harbiy xizmatchilarga 
nisbatan ularning boshlig‘i yoxud bo‘ysinuvchisi sanalmagan harbiy xizmatchilar 
katta yoxud kichik bo‘lishlari mumkin. 
Kattalik harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga qarab belgilanadi. Harbiy 
unvoni bo‘yicha kattalar, kichiklar harbiy intizomni, jamoat tartibini, axloq, harbiy 
kiyim-kechakni kiyish va askarchasiga salomlashishni bajarish qoidalarini buzgan 
hollarda, ulardan bu buzishlarni bartaraf etishlarini talab qilishlari lozim. Unvoni 
bo‘yicha kichiklar kattalarning bunday talablarini so‘zsiz bajarishga majburdirlar. 
Bir-biriga bo‘ysunuvchi bo‘lmagan harbiy xizmatchilar majburiyatlarni 
birgalikda bajaradigan hollarda, ularning o‘zaro xizmat munosabatlari komandir 


49
(boshliq) tomonidan belgilab quyilmagan bo’lsa, ulardan lavozimiga ko‘ra kattasi, 
teng mansablarda esa harbiy unvoni bo‘yicha kattasi boshliq sanaladi. 
 
BUYRUQ (BUYURISH), UNI BERISH VA BAJARISH TARTIBI. 
Buyruq – komandirning (boshliqning) bo‘ysunuvchilarga qaratilgan va 
ma’lum amallarning majburan bajarilishini, u yoki bu qoidalarga rioya qilinishini 
talab etadigan yoxud u yoki bu tartib, qoidalarni belgilaydigan ko‘rsatmasidir.
18
Buyruq bir yoxud guruh harbiy xizmatchilarga yozma, og‘zaki yoxud 
aloqaning texnik vositalari orqali berilishi mumkin. Yozma buyruq harbiy 
qismlarning komandirlari (muassasalarning boshliqlari) yakkaboshchilik asosida 
chiqaruvchi harbiy boshqaruvning asosiy idora xizmat hujjati (xuquqiy hujjati) 
sanaladi. Og‘zaki buyruqlar barcha komandirlar (boshliqlar) tomonidan beriladi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling