УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Harbiy qismlar va bo‘linmalar safda turgan paytda komanda bo‘yicha


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
Harbiy qismlar va bo‘linmalar safda turgan paytda komanda bo‘yicha: 
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Raisiga va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga; 
- hududida muayyan qism joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg’i 
Kengesi 
Raisiga 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Kengashining Raisiga; 
- O‘zbekiston Respublikasi marshallari, armiya generallari, general-
polkovniklar va barcha bevosita boshliqlarga, shuningdek, harbiy qism (bo‘linma) 
inspektsiyasini (tekshirilishini) o‘tkazishga rahbarlik qilish uchun tayinlangan 
shaxslarga salom beradilar. 
Joyida turgan safda yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga salom bsrish uchun katta 
boshliq «Rostlan, tekislanish o‘ngga» komandasini beradi. 
Masalan: «O‘rtoq general-mayor. 110-motoo‘qchi brigada umumbrigada 
tekshiruviga saf tortdi. Brigada komandiri polkovnik Soliev». Harbiy qism 
Jangovar Bayroq bilan saf tortganda, saf ko‘rigida, Harbiy qasamyod 
qildirilayotgan paytda va shunga o‘xshash hollarda bildiruvda harbiy qismning 
to‘liq nomi, unga berilgan faxrli nomlanishlar va ordenlar sanab o‘tiladi. 
Yurib ketayotgan safda salom berish chog‘ida boshliq faqat komanda beradi. 
Harbiy qismlar va bo‘linmalar komanda bo‘yicha, shuningdek: 
- noma‘lum askar qabriga; 
- Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun janglarda shahid bo‘lgan 
jangchilarning birodarlik qabristoniga; 
- harbiy qismning Jangovar Bayrog‘iga; 
- harbiy bo‘linmalar ko‘zatib borayotgan dafn marosimiga; 
- duch kelganda bir-biriga salom beradi. 
Joyida turgan, safda turgan qushinlarning O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentni va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga salom berishiga orkestr 
ijro etayotgan «Qarshilov marshi» va Davlat madhiyasi jo‘r bo‘ladi. 


44
Harbiy qism o‘z qism komandiridan va undan yuqori bevosita boshliqlarni
shuningdek, inspektsiya (tekshiruv) o‘tkazish uchun rahbarlikka tayinlangan 
shaxslarga salom berayotganda orkestr faqat «Qarshilov marshi»ni ijro etadi. 
Safdan tashqari yurganda, mashg‘ulotlar vaqtida ham, mashg‘ulotlardan bo‘sh 
vaqtlarda ham, Harbiy qismlar va bo‘linmalarning harbiy xizmatchilari
boshliqlariga «Rostlan» yoxud «Turilsin» komandalari bo‘yicha salom beradilar. 
Shtab va muassasalarda faqat bevosita boshliqlarga, inspektsiya (tekshiruv) 
o‘tkazish uchun tayinlangan shaxslarga komanda bo‘yicha salom beriladi. 
Safdan tashqari mashg‘ulotlarda, shuningdek, faqat ofitserlar ishtirok 
etayotgan majlislarda komandirlar boshlig‘larga harbiycha salom berish uchun 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling