УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


«Rostlan» komandasi berilgan bo‘lsa, bildiruv beruvchi unda boshliqning  «Erkin»


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100
«Rostlan» komandasi berilgan bo‘lsa, bildiruv beruvchi unda boshliqning 
«Erkin» komandasidan so‘ng uni takrorlaydi va qo‘lini bosh kiyimga qadovdan 
tushiradi. 
Komandir (boshliq) yoxud katta ishtirokida boshqa harbiy xizmatga murojaat 
qilayotgan paytda undan bunga ruxsat so‘rash zarurdir. 
Masalan: «O‘rtoq polkovnik. Kapitan Tursunovga murojaat etishga 
ruxsat bering». 
Jamoat joylarida, shuningdek, tramvayda, trolleybusda, avtobusda, metro va 
shahar oldi poezdlarining vagonlarida bo‘sh turgan o‘rinlar bo‘lmagan paytda 
harbiy xizmatchi boshliqqa (kattaga) o‘z o‘rnini taklif etishga majburdir. 
Agar boshliqqa (kattaga) duch kelganda bemalol o‘tib ketish mumkin 
bo‘lmasa, unda bo‘ysunuvchi kichik unga yo‘l berishi va salom bergancha o‘tkazib 
yuborishi, boshliqning kattaning yonidan yetib o‘tib ketish zarur bo‘lib qolganda 
bo‘ysunuvchi kichik bunga undan ijozat so‘rashi lozim. 
Harbiy xizmatchilar noharbiy axoliga nisbatan odob qoidalariga rioya 
qilishlari, yoshi o‘tgan kishilarga, ayollar va bolalarga alohida e’tibor 
ko‘rsatishlari fuqorolar or-nomusi va qadr-qimmatini muhofaza qilishlariga 
yordam berishlari shuningdek, baxtsiz hodisalar, yong‘inlar va tabiy ofatlar 
chog‘ida ularga madad ko‘rsatishlari lozim. 
Harbiy xizmatchilarga qo‘lni kiyim-kechak cho‘ntaklariga tiqib yurish, 
boshliqning kattaning ishtirokida uning ruxsatisiz yoxud chekish shuningdek 
ko‘chada yurib ketayotganda va bu maqsad uchun ajratilmagan joylarda chekish 
man etiladi.
15
Xushyor turmush tarzi barcha harbiy xizmatchilarning or-nomusi va qadr-
qimmatini yerga uruvchi xizmatga mast holda kelish qo‘pol intizomiy nojo‘ya 
qilmish sanaladi. 
15. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 34 bet


41
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun 
kiyim-kechak rusumining zarur turlari joriy etiladi. Harbiy kiyim-kechak rusumi 
va farqlovchi belgilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. 
Barcha harbiy xizmatchilar, shuningdek zaxirada turgan yoxud harbiy keyim-
kechak rusumini kiyib yurish huquqi bilan istefoga chiqarilgan fuqorolar harbiy 
keyim-kechak rusumini keyib yurish huquqiga egadirlar. 
Harbiy keyim-kechak rusumi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri 
tasdiqlagan qoidalarga qat’iy muvofiq ravishda kiyiladi. 
Harbiy qism qarorgohidan tashqarida dam olishda, javob berilganda yoxud 
ta’tilda harbiy xizmatchilarga harbiy kiyim-kechak rusumini kiyib yurmaslikka 
ruxsat beriladi. 
Askariy xulq, yurish-turish qoidalari va harbiycha salom berishni bajarish, 
zahirada turgan va iste’foga chiqqan fuqorolar uchun, ular harbiy kiyim-kechak 
rusumini kiyib yurgan paytda majburiydir. Ular harbiy kiyim-kechak rusumini 
kiyishning joriy qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozim. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling