УҳН ўқув қўлланма Вазирликка


Download 6.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana17.10.2023
Hajmi6.25 Mb.
#1706019
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
«O‘rtoq ofitserlar» komandasi beriladi. 
«Rostlan», «Turilsin» yoxud «O‘rtoq ofitserlar» komandalarini ishtirok 
etayotgan komandirlardan (boshliqlardan) kattasi yoxud komandirni (boshliqni) 
birinchi bo‘lib ko‘rgan harbiy xizmatchi beradi. 
Bu komanda bo’yicha barcha ishtirok etuvchilar turadi, kelgan komandir 
(boshliq) tomonga yuzlanadi va saf turishda bo‘ladi, bosh kiyim kiygan ofitserlar, 
michmanlar, bundan tashqari qo‘lini unga qadaydi. 
Ishtirok etayotgan komandirlardan (boishiqlardan) kattasi keluvchining 
istiqboliga yetib boradi va unga bildiruv beradi. 
Kelgan komandir boshliq bildirishni qabul qilgach «Erkin» yoxud «O‘rtoq 
ofitserlar» komandasini beradi. Bildiruvchi esa bu komandani takrorlaydi. 
Shundan so‘ng barcha ishtirok etuvchilar «Erkin» holatiga kiradi. 
Boshida kiyimi bo‘lgan ofitserlar, michmanlar qo‘lini tushiradi va bundan 
buyog‘iga kelgan komandirning (boshliqning) ko‘rsatmasi bo‘yicha ish tutadi. 
«Rostlan»_yoxud_«Turilsin»'>«Rostlan» yoxud «Turilsin» komandalarining berilishi va komandirga 
(boshliqqa) bildiruv berish, u o‘sha kuni harbiy qism yoxud bo‘linmaga birinchi 
marta tashrif buyurganda amalga oshiriladi. 
Katta komandir (boshliq) ishtirokida kichigiga harbiycha salom berilmaydi va 
bildiruv o‘tkazilmaydi. 


45
Sinf mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan paytda «Rostlan», «Turilsin, Rostlan» 
yoxud «O’rtoq ofitserlar» komandalari har bir mashg‘ulot oldidan yoki u tugashi 
bilan beriladi. «Rostlan», «Turilsin, Rostlan» yoxud «O‘rtoq ofitserlar» 
komandasi komandirga (boshliqqa) bildiruvdan oldin, agar bu paytda boshqa 
harbiy xizmatchilar ishtirok etayotgan bo‘lsalargina beriladi, ular bo‘lmaganda esa 
komandirga (boshliqqa) faqat bildiruv beriladi. 
Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda safda turish askarlar komanda 
berilmasdan qad rostlagan holatga o‘tadilar. Vzvod komandiri va undan yuqori 
bo‘lganlar bundan tashqari qo‘llarini bosh kiyimlariga qadaydilar. 
Safdan tashqarida bo‘lgan harbiy xizmatchi Davlat madhiyasi ijro etilayotgan 
paytda safona qadrost holatiga kiradi, agar bosh kiyimi bo‘lsa, qo‘lini unga 
qadaydi. 

Download 6.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling