УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifasi
- Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
Fanni o’qitishdan maqsad – harbiy qasamyodga sodiq qolish, halol,
intizomli, jasur bo‘lish, harbiy burchni ijro etish chog‘ida oqilona tashabbuslar ko‘rsatish, harbiy qismning jangovar shon-shuhratini va o‘z harbiy unvonining obro‘sini e’zozlash kabi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisi uchun zarur bo‘lgan sifatlarni talabalarda shakllantirish. Fanning vazifasi – talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari bilan belgilangan harbiy xizmatchilarning huquqlari va majburiyatlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, ichki tartib qoidalarini, harbiy intizomning mohiyatini, rag’batlantirish va intizomiy ta’zirlarning ko‘rinishlarini, shuningdek, garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkil qilishni o‘rganishdan iborat. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar: - harbiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlarining qonuniy asoslari va 5 ularning talablarini, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlarining asosiy bo‘limlari va ularning mazmunini, harbiy xizmatni tashkil etish va harbiy intizomni mustahkamlash bo‘yicha qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni, harbiy xizmatchi shaxsi omillari va uning shakllanish taraqqiyotini bilishi kerak; - harbiy xizmatchilarning va guruh komandirining majburiyatlarini bajarish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Umumharbiy nizomlari talablarini qo‘llash; - ichki hamda garnizon va qorovullik xizmatlarini tashkillash va o‘tashda Umumharbiy nizomlar qoidalariga qat’iy rioya etish, bo‘linmada yuksaq harbiy intizom va jangovar shaylikni ta’minlash, harbiy ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, aniq vaziyatlar uchun ularning qulay variantlarini tanlash, harbiy xizmat, ta’lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, harbiy xizmatchilar va harbiy jamoani o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - boshqaruv xujjatlari bilan ishlash, zarur yo‘riqnomalar tuzish, ta’limning axborot texnologiyalaridan foydalana olish, bo‘linmada yuksaq harbiy intizom va ichki tartibni saqlash, bo‘ysunuvchilarni harbiy va ma’naviy tarbiyasi bo‘yicha guruh komandirining ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarini samarali olib borish, jasur, Vataniga, harbiy qasamyodiga sodiq, erkin fikrli, har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni rejalashtirish va amalga oshirish; - bo‘ysunuvchilarning xulqi va xizmat faoliyatini rag‘batlantirish va o‘quv- tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Download 6.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling