УҳН ўқув қўлланма Вазирликка
Harbiy xizmatchilar qurol qo’llashi mumkin
Download 6.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Harbiy xizmatchilar qurol qo’llashi mumkin:
- agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo‘lmasa, qo‘riqlanadigan harbiy va davlat inshootlariga, shuningdek, harbiy qism va bo‘linmalar qarorgohlariga, harbiy qism imoratlari va inshootlariga, harbiy eshelonga, mashinalar kolonnalariga, yakka transport vositalariga va qorovulga to‘da bo‘lib yoxud qurolli hujumni qaytarish uchun; - agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo‘lmasa, qurol va harbiy texnikani zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinishlarning oldini olish uchun; - agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilishning iloji bo‘lmasa, harbiy xizmatchilarni va fuqarolarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga tajovuz qiladigan hujumlardan muhofaza qilish uchun; - agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan qarshilikni bostirish, jinoyatchini ushlash yoxud qurolni tortib olishning iloji bo‘lmasa, jinoyat sodir qilgan yoxud og‘ir va xavfli jinoyat sodir qilish ustida qo‘lga tushganda qurolli qarshilik ko‘rsatgan shaxsni, shuningdek, qurolni topshirish to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishdan bo‘yin tovlagan qurollangan shaxsni ushlash uchun eng so‘nggi chora sifatida qurolni shaxsan yoxud bo‘linma tarkibida qo‘llash huquqiga egadirlar. 29 Qorovul tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchi qurolni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llash huquqiga egadir. Komandir (boshliq), bundan tashqari bo‘ysunuvchining bo‘yin tovlashi Vatanga xiyonat qilishga yoxud jangovar sharoitlarda jangovar topshiriqlar bajarilishini barbod etishga qaratilgan ochiq-oydin xatti-harakatlarda namoyon bo‘lganda intizom va tartibni tiklash uchun qurol ishlatish yoxud qurol ishlatishga buyruq berish huquqiga egadir. 8 Qurol ishlatishdan oldin uni ishlatish ahdi to‘g‘risida ogohlantirish yuz berishi lozim. Qurol to‘satdan yoxud qurolli hujum chog‘ida, jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalanilgan hujum chog‘ida, qamoqdan qurol bilan yoxud transport vositalaridan foydalanib qochish paytida, shuningdek, transport vositalaridan ularning harakatlanishi chog‘ida, tunda yoxud ko’rinish cheklangan boshqa sharoitlarda tashlab qochish paytida ogohlantirishsiz ishlatilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar trevoga yoxud yordam chaqirig‘i signali berish, shuningdek, odamlar hayotiga yoxud sog‘lig‘iga tajovuz qiluvchi hayvonlarga qarshi qurol ishlatish huquqiga ega. Qurol ishlatish va foydalanish chog‘ida harbiy xizmatchi atrofdagi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun iloji bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga, zarur hollarda esa jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishga majburdir. Ayollar va balog‘at yoshiga yetmaganlarga nisbatan, agar boshqa yo‘llar va vositalar bilan bunday hujum yoxud qarshilikni qaytarishning iloji bo‘lmasa, ularning harbiy xizmatchi va boshqa fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi qurolli hujumlari, qurolli qarshilik ko‘rsatishi yoxud to‘da bo‘lib hujum qilishi hollari bundan istisno, qurol ishlatish mumkin emas. Harbiy xizmatchi har bir qurol ishlatilishi yoxud foydalanilishi to‘g‘risida komandirga (boshliqqa) bildiruv beradi. 8. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 9 bet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling