25
II-bob.
HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI
VA MA’SULIYATI. HARBIY UNVONLAR.
HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI.
O‘zbekiston Respublikasni qurolli tajovuzdan
himoya qilish mamlakat
fuqarolarining konstitutsiyaviy majburiyati sanaladi.
Harbiy xizmat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
umumiy harbiy
majburiyatlarni va shartnoma asosida Qurolli Kuchlarda va O‘zbekiston
Respublikasining boshqa harbiy tuzilmalarida xizmatni bajarish bo‘yicha
davlat
xizmatining alohida turidir.
6
7-rasm. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari
Har bir harbiy xizmatchiga
tegishli harbiy unvon beriladi, u o‘z
navbatida
qo‘shinga va kemaga oid bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolari uchun belgilangan huquqlar va erkinliklardan
harbiy xizmat shart-
sharoitlari belgilaydigan cheklovlar bilan va amaldagi
qonunlarni hisobga olish
bilan foydalanadilar. Ularning zimmasiga konstitutsiyaviy, umumiy majburiyatlari,
shuningdek lavozim va maxsus majburiyatlar yuklanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi.T-1996y 7 bet
26
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq
harbiy xizmatchilariing
huquqlari, majburiyatlari va javobgarligining mundarijasi
va hajmi ular harbiy
xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) ijro etayotganligiga bog‘liq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: